1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.15.00 Sudlarning moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA MUASSASALARI VA SUDLARNI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-sonli “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarial ishlarni amalga oshirganlik uchun davlat notariuslari tomonidan undiriladigan davlat bojining 15 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
notarial ishlarni amalga oshirganlik va shartnoma asosida koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovdan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ajratmalari”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 28-fevral,
114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 44-modda)