1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISPANIYA QIROLLIGI FUQAROLARI UCHUN VIZA TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ishbilarmonlik va turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibotlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
ishbilarmonlik maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun bir yil muddatga koʻp martalik vizalarni, Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishiga doir talabni bekor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kunida rasmiylashtirsin;
turist sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Ispaniya Qirolligi fuqarolari uchun 1 oygacha boʻlgan muddatga koʻp martalik vizalarni, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi yoki boshqa turistik tashkilotlarning turistik vaucherlarini taqdim etish zarurligiga doir talabni bekor qilgan holda 2 ish kunida rasmiylashtirsin.