1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi boʻlmish moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, noyob moddiy madaniy meros obyektlarini har tomonlama oʻrganish, ommalashtirish va targʻib qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat tashkilotlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida paydo boʻladigan masalalarni koʻrib chiqish, ularni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlari olib boriladigan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining har yillik roʻyxatini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining takliflari asosida konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun pudrat tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarga madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish faoliyatida, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olishda koʻmaklashish.
Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 25 nafar boʻlgan tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 59 nafar boʻlgan namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziriga Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 7-ilovaga muvofiq Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Bosh boshqarma va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalarini saqlashga doir xarajatlarni moliyalashtirish oʻz daromadlari, shuningdek ularning xarajatlarini moliyalashtirish uchun oʻz daromadlari yetishmagan qismiga subsidiya tarzida ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Moliya vazirligining moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarning 90 foizini (tadbirkorlik faoliyati subyektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari) Bosh boshqarma va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalarining oʻz daromadlariga qoʻshimcha manba etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yil 1-iyuldan boshlab Bosh boshqarma va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari faoliyati xarajatlarini moliyalashtirish uchun, zaruriyatga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Madaniyat va sport” sohasi uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida subsidiyalar ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi
Axmedov B.M.
—
Madaniyat va sport ishlari vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
Toxtayev A.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Davletov R.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Tulyaganov Sh.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari
Nishanbayev S.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Gafarov S.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Rizayev F.M.
—
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi
Salixov Sh.I.
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
Nuridinov A.V.
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
Qoʻchqorov J.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
Esonov M.T.
—
Buxoro viloyati hokimi
Roʻziyev Z.Sh.
—
Qashqadaryo viloyati hokimi
Mirzayev Z.T.
—
Samarqand viloyati hokimi
Bobojonov P.R.
—
Xorazm viloyati hokimi
Zairov Sh.Sh.
—
Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshligʻi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 352-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 490-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 2-ILOVA
Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarning madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini takomillashtirish maqsadida tuziladi.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat tashkilotlarning madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida paydo boʻladigan masalalarni koʻrib chiqish, ularni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlari olib boriladigan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining har yillik roʻyxatini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining takliflari asosida konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun pudrat tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish faoliyatida, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olishda koʻmaklashish.
4. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini samarali amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishini tashkil etadi;
konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlari olib boriladigan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining har yillik roʻyxatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining takliflar asosida konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun pudrat tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishi amaliyotini koʻrib chiqadi;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarini qoʻllashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarining eng muhim loyihalarini koʻrib chiqadi;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza qilinishi, saqlanishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Komissiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun belgilangan tartibda tegishli mutaxassislarni jalb etish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha axborotlarini eshitish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga zarur maʼlumotnomalar va boshqa materiallarni, qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini hamda Komissiya qarorlarini bajarishni tashkil qilish masalalari boʻyicha topshiriqlar berish.
6. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlarda ishlash uchun belgilangan tartibda mutaxassislar, olimlar, ekspertlar hamda tashkilotlar va muassasalarning, shu jumladan faoliyati sohasiga madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari kiradigan xorijiy tashkilotlar va muassasalarning vakillari jalb etilishi mumkin.
7. Komissiya raisi:
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Komissiya majlislarini chaqiradi va ularning kun tartibini shakllantiradi;
Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlarning faoliyatini nazorat qiladi;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi, Komissiya aʼzolarining uning qarorlari va vazifalarini bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi;
Komissiya tomonidan oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
8. Komissiya ishlarini Komissiya kotibi yuritadi.
9. Komissiya oʻz ishlarini oʻzi tasdiqlagan ish tartibi asosida amalga oshiradi. Majlislar zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi, majlisda qabul qilingan komissiya qarori protokollar bilan rasmiylashtiriladi.
10. Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan masalalar va uning qarorlari loyihalari Komissiya aʼzolari tomonidan ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
11. Komissiya har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalarining
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
2. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining (keyingi oʻrinlarda Madaniyat va sport ishlari vazirligi deb yuritiladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
3. Madaniyat va sport ishlari vazirligiga yuklatilgan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi vazifalar bevosita Bosh boshqarma yoki uning quyi turuvchi mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda inspeksiyalar deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
4. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari davlat muassasalari shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz mustaqil balansi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan chet el valyutasidagi depozit hisob raqamiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga egadir.
II. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
6. Bosh boshqarmaning vazifalari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash, targʻib qilish, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish va ulardan zamonaviy maqsadlarda foydalanish uchun oʻrganish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, ommalashtirish va ulardan foydalanish;
Moddiy madaniy meros obyektlarining Davlat kadastrini va Arxeologik buyumlarning Davlat katalogini yuritish;
mahobatli yodgorliklar va haykallar loyihalarini, ularning inshootlarini qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqishda Muhofaza qilish va restavratsiya qilish boʻyicha ilmiy-uslubiy kengash hamda Mahobatli yodgorliklarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Badiiy kengashlar ishlarini tashkil qilish;
inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish;
madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
7. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun loyihalarni tasdiqlaydi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida ilmiy loyihalash ishlarini amalga oshiradi, konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi, shuningdek ushbu obyektlardan zamonaviy shart-sharoitlarda foydalanish maqsadida tadbirlarni amalga oshiradi;
Madaniyat va sport ishlari vazirligiga tarixiy-madaniy qiymatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari Davlat kadastriga kiritish va undan chiqarish yuzasidan takliflar kiritadi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari joylashgan hududdagi shaharlar va aholi punktlarini rejalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish loyihalarini, shuningdek moddiy madaniy va arxeologiya merosi ayrim obyektlarining hududlarida joylashtiriladigan turli obyektlar qurilishi loyihalarini kelishadi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida yongʻin xavfsizligiga, shuningdek texnika xavfsizligiga rioya qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradi;
arxeologik tadqiqotlar boʻyicha ilmiy hisobotlar arxivini toʻplaydi;
Moddiy madaniy meros obyektlari Davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritadi, shuningdek Yagona davlat kadastrlari tizimiga zarur kadastr maʼlumotlarini uzatadi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini amalga oshiradi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini zarur darajada obodonlashtirish va saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga beriladigan moddiy madaniy merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilmagan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini belgilangan tartibda ijaraga beradi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini zarur darajada obodonlashtirish va saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga beriladigan moddiy madaniy merosi obyektlari roʻyxatini shakllantiradi va Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi taqdimnomasiga binoan arxeologlarga arxeologiya obyektlarida arxeologik qidiruvlar, qazish va nazorat ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berish uchun hujjatlarni tayyorlaydi, arxeologik tadqiqotlar boʻyicha ilmiy hisobotlarni qabul qiladi va ilmiy hisobotlarning arxivini toʻplaydi va Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etadi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida restavratsiya-tiklash, konservatsiya ishlarini olib borishda zamonaviy texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash, yangi materiallar va konstruksiyalarni joriy qilishni taʼminlaydi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tiklash va obodonlashtirish ishlari olib borilishini taʼminlaydi;
inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, shu jumladan inspeksiyalarga moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini aniqlash, tadqiq etish, hisobga olish, restavratsiya qilish, foydalanish va ommalashtirish yuzasidan zarur yordamlarni koʻrsatadi;
Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
8. Bosh boshqarma oʻziga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlanganda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash, restavratsiya-tiklash va obodonlashtirish ishlarini olib borish, shuningdek Bosh boshqarma faoliyatini tashkil qilish uchun zarur boʻlgan tovarlar xarid qilish, ishlar va xizmatlar koʻrsatilishiga tovarlar yetkazib beruvchilar, ishlar, xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan (loyihalash, ekspertlik, pudratchi va boshqa tashkilotlar) shartnomalar tuzish;
pudrat tashkilotlari tomonidan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida restavratsiya-tiklash, konservatsiyalash, obodonlashtirish va boshqa ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarining budjetdan tashqari mablagʻlarini belgilangan tartibda boshqarish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda qonun hujjatlariga muvofiq koʻrgazmalar tashkil etish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sudga daʼvo va arizalar bilan murojaat etish, sudda ishlarning koʻrib chiqish jarayonida ishtirok qilish;
Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni davlat organlari, xoʻjalik subyektlari va boshqa tashkilotlardan soʻrash va bepul asosda olish;
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
9. Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish yuzasidan javobgar hisoblanadi.
III. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
10. Bosh boshqarmani Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshqaradi.
11. Bosh boshqarma boshligʻi Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan Bosh boshqarma boshligʻi taqdimnomasiga muvofiq tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega.
Bosh boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlaydi;
Bosh boshqarma nomidan faoliyat yuritadi, uning manfaatlarini barcha tashkilotlarda himoya qiladi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni oʻzgartiradi va bekor qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari xodimlari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruq va topshiriqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
inspeksiyalar boshliqlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari talablarga zid buyruqlarini bekor qiladi;
xodimlar tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
yangi texnika va texnologiyalarni qoʻllash, faoliyatning yangi yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etadi;
Bosh boshqarma boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
13. Quyidagilar Bosh boshqarma inspeksiyalari hisoblanadi:
mintaqalararo inspeksiyalar: Buxoro va Navoiy viloyatlari boʻyicha; Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari boʻyicha; Samarqand va Jizzax viloyatlari boʻyicha; Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari boʻyicha; Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari boʻyicha.
Mintaqaviy inspeksiyalar: Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha; Xorazm viloyati boʻyicha.
15. Inspeksiyalarni Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan Madaniyat va sport ishlari vaziri bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshqaradi.
IV. Bosh boshqarma faoliyatini moliyalashtirish tartibi
16. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
oʻz daromadlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
17. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarining oʻz daromadlarini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar;
Bosh boshqarma balansida boʻlgan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlariga tashrif buyurishdan va Bosh boshqarma tomonidan madaniy meros obyektlariga uyushtirilgan ekskursiyalardan tushgan mablagʻlar;
Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari tomonidan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlariga oʻtkazilgan tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlar;
xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari, kreditlari va homiylik yordamlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
18. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari daromadlarining Gʻaznachilik shaxsiy hisob raqami vositasi orqali toʻplanishi va sarflanishi tartibi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
19. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalariga budjet mablagʻlari, zaruriyatga koʻra, oʻz daromadlarining Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarini saqlash boʻyicha mablagʻlari taʼminlanmagan qismi boʻyicha ular xarajatlarini moliyalashtirish uchun subsidiya shaklida ajratiladi.
20. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari xodimlariga quyidagilar taalluqlidir:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkalarini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-aprel 147-son qarorida nazarda tutilgan mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish tartibi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkalarini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-aprel 147-son qaroriga 2 va 10-ilovalar (mehnatga haq toʻlash boʻyicha 1-guruh) muvofiq belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari;
v) budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish tartibi.
21. Zaruriyatga koʻra, Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari balansida boʻlgan moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza qilishni taʼminlash uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan holda Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari shtatlari jadvaliga ushbu obyektlarning qorovullari shtatlari kiritilishi mumkin.
22. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari mablagʻlari belgilangan tartibda quyidagi toʻlovlarga sarflanishi mumkin:
Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari xodimlarining lavozim okladlari;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanadigan nafaqalar;
Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari xodimlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan lavozim maoshiga toʻlanadigan shaxsiy va boshqa ustamalar.
23. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarining budjetdan tashqari mablagʻlariga oid daromad va xarajatlar smetasida nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlari yil yakunlari boʻyicha Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari daromadlarining amaldagi tushumlaridan yuqori boʻlgan xollarda, mazkur mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
daromadning 50 foizi Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari tasarrufida qoladi (shundan 50 foizdan koʻp boʻlmagan qismi Bosh boshqarma va uning inspeksiyalari xodimlarini ijtimoiy himoyalash va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga va 50 foizdan kam boʻlmagan qismi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi);
qolgan 50 foizi keyingi yilda Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi. Bunda, Bosh boshqarma va uning inspeksiyalariga tegishli moliyaviy yilda budjetdan ajratish nazarda tutilgan prognoz mablagʻlar (subsidiyalar) summasiga kamaytiriladi;
24. Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarining madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatgan xizmat xarajatlari boshqa tashkilotlar (buyurtmachilar) bilan Bosh boshqarma va uning inspeksiyalarining ushbu tashkilotlar (buyurtmachilar) bilan tuzgan shartnomalarga muvofiq tashkilotlar (buyurtmachilar) mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
V. Bosh boshqarmaning mol-mulki
25. Bosh boshqarmaning mol-mulki tezkor boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek Bosh boshqarmaning oʻz majburiyatlari boʻyicha javob beradigan faoliyati davrida xarid qilingan Bosh boshqarmaning boshqa mol-mulkidan iborat.
26. Mulkni boshqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Bosh boshqarma qaroriga asosan amalga oshiriladi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
27. Bosh boshqarma har yili Madaniyat va sport ishlari vazirligi oldida moliyaviy – xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot beradi.
28. Bosh boshqarma faoliyati ustidan nazorat Madaniyat va sport ishlari vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 7-ILOVA
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va foydalanish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha
CHORA-TADBIRLAR
№
Tadbir nomi
Bajarilish muddati
Moliyalashtirish manbalari
Bajarish uchun masʼullar
1
Barcha balans egalaridagi moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini xatlovdan oʻtkazish.
2014-2015-yillar
Balans egalari mablagʻlari
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini belgilangan tartibda Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrish.
2015 — 2018-yillar
Balans egalari mablagʻlari, budjet mablagʻlari
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 15 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida 5 ta mintaqalararo va 2 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalarini tuzish.
2014-yil
III chorak
----
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4
Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari va madaniy boyliklarni tadqiq qilish, restavratsiya qilish, ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek restavratsiya-tiklash ishlarini bajarishda yangi zamonaviy materiallarni ishlab chiqish boʻyicha laboratoriya tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2015-yil
II chorak
----
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
5
Oʻzbekiston Respublikasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish hamda Madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2015-yil
I chorak
----
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
6
Mahobatli yodgorliklar ekspertizasi boʻyicha Badiiy kengashning hamda Muhofaza qilish va restavratsiya boʻyicha Ilmiy-uslubiy kengashning yangilangan tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.
2014-yil
IV chorak
----
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
7
“Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni muntazam ravishda yangilab borish.
2014-2015 oʻquv yili boshlangunga qadar
----
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
8
2015-2016 oʻquv yilidan boshlab Bosh boshqarma buyurtmasiga muvofiq tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish.
2015-2016 oʻquv yilidan boshlab
----
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
9
Koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanuvchi davlat muzey tashkilotlarida Bilet xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2014-yil
IV chorak
----
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda) 1-bandi va 2-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro shahrining tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish masalalari toʻgʻrisida” 2007-yil 11-sentabrdagi 191-son qarorining 1-bandidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo komissiya” soʻzlari “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 23-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari balansida boʻlgan madaniy meros obyektlarini ijara berilgan hollarda (tadbirkorlik faoliyati subyektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari), ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamiga tushadigan ijara toʻlovini hamda ijara toʻlovi kechiktirilgani uchun undirilgan penya, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 90 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi tegishli ijaraga beruvchi tasarrufida qoladi”;