Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada futbolni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Futbol boʻyicha oliy sport mahorati Respublika maktabiga (keyingi oʻrinlarda –– futbol boʻyicha ROSMM deb ataladi) istisno tariqasida, futbol boʻyicha ROSMM budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushadigan daromadlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha umumiy xarajatlar amalga oshirilganidan qolgan qismining 50 foizini Oʻzbekiston futbol federatsiyasiga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi futbol boʻyicha ROSMM budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan futbol boʻyicha milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun sport anjomlari, forma va jihozlar xarid qilish shuningdek, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.