1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan kadastr hujjatlarini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish va rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yil 1-avgustdan boshlab, quyidagi davlat xizmatlari yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan bepul amalga oshiriladi:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish, jumladan begonalashtirilayotgan yoxud meros boʻyicha oʻtayotgan bino va inshootlarning amaldagi tarkibini va holatini aniqlashtirish maqsadida ularni naturada oʻrganish;
shaxsiy turar joy mavjudligi (yoʻqligi) toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyul,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ILOVA
Kadastr hujjatlarini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish va rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash
tartibi
T/R
Davlat xizmatlari nomi
Ishlar narxlari
I. Koʻchmas mulk obyektlarini ularning noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish
1.1.
Umumiy maydoni 100 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
1.2.
Umumiy maydoni 100 kv.m.dan 1000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk
Obyektning 1 kv.m. maydoni uchun eng kam oylik ish haqining
1 foizi miqdorida
1.3.
Umumiy maydoni 1000 kv.m.dan 5000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida
1.4.
Umumiy maydoni 5000 kv.m.dan 15000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida
1.5.
Umumiy maydoni 15000 kv.m.dan 50000 kv.m.gacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida
1.6.
Umumiy maydoni 50000 kv.m.dan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida
II. Koʻchmas mulk obyektlarini ularning koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarga oid qismiga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish
2.1.
Koʻp kvartirali uydagi kvartira
Obyektning 1 kv.m. maydoni uchun eng kam oylik ish haqining
1 foizi miqdorida
III. Koʻchmas mulk obyektlarini ularning yakka tartibdagi turar joyga oid qismiga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish
3.1.
Yakka tartibdagi turar joy
Obyektning 1 kv.m. maydoni uchun eng kam oylik ish haqining
1 foizi miqdorida
3.2.
Qishloq joylardagi maydoni 100 kv.m. dan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi turar joy
Eng kam oylik ish haqining
1 baravari miqdorida
IV. Boʻsh yer uchastkalariga kadastr hujjatlarini tayyorlagan holda ularni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish
4.1.
Yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi
Bepul
4.2.
Noturar joy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi
Eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
4.3.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi
Eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida
Izohlar:
Umumiy maydonni aniqlashda ularning huquqiy maqomidan qatʼi nazar, inventarizatsiyadan oʻtkazilayotgan yer uchastkasida joylashgan barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi.
Bino va inshootlar begonalashtirilayotganda koʻchmas mulk obyekti joylashgan yer uchastkasini texnik inventarizatsiyadan oʻtkazganlik va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.