1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan kadastr ishini tayyorlash va koʻchmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
2014-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi davlat xizmatlari yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish (ijaraga olish) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
binolar va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish, jumladan begonalashtirilayotgan yoxud meros boʻyicha oʻtayotgan binolar va inshootlarning amaldagi tarkibini va holatini aniqlashtirish maqsadida ularni naturada oʻrganish;
shaxsiy turar joyi mavjudligi (yoʻqligi) toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish.
2. 2017-yil 1-sentabrdan boshlab ilovada qayd etilgan koʻchmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari qiymati 25 foizga koʻpaytirilsin. Bunda qiymat koʻpaytirilishi hisobiga tushadigan (soliqlar chegirib tashlangan holda) mablagʻlarning 100 foizi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyul,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ILOVA
Kadastr ishini tayyorlash va koʻchmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash
TARTIBI
T/r
Davlat xizmatlarining nomi
Ishlar narxi
I. Koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
1.1.
Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 1,25 baravari
1.2.
Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
1.3.
Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 15 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
1.4.
Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 30 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
1.5.
Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 50 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
1.6.
Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk
Eng kam oylik ish haqining 70 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
II. Koʻchmas mulk obyektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
2.1.
Koʻp kvartirali uydagi kvartira
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
2.2.
Yakka tartibdagi turar joy
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda
III. Yer uchastkalariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
3.1.
Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlganda yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi
Bepul
3.11.
Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlmaganda yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi
Eng kam oylik ish haqining 1,25 baravari
3.12.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi
Eng kam oylik ish haqining 1,25 baravari
3.2.
Noturar obyektlari qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi
Eng kam oylik ish haqining 1,25 baravari
3.3.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi
Eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari
Izohlar:
umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga binoan kadastr ishini tayyorlash xizmatlari narxidan qoʻshimcha qiymat soligʻi olinmaydi;
kadastr ishi yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda) uning nusxasi (dublikati)ni tayyorlashning narxi koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan, xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi;
kadastr ishini yangilash zarurati yuzaga kelganda yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)