1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
“Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
“Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek kreditorlar huquqlari toʻgʻrisidagi axborotning yagona reyestrini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda garov munosabatlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shtatdagi xodimlarning cheklangan soni 6 nafardan iborat boʻlgan (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Garov reyestri” DUK deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, garov reyestrini yuritish himoyalangan bogʻlanish protokolini qoʻllagan holda Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida maʼlumotlarning yagona elektron axborot bazasi sifatida “Garov reyestri” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
3. Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2014-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
“Garov reyestri” DUKning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash;
“Garov reyestri” DUKning ustav jamgʻarmasini, shu jumladan uning faoliyati boshlangunga qadar joriy sarf-xarajatlar boʻyicha aylanma mablagʻlar miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mablagʻlari hisobidan belgilash va shakllantirish, shuningdek “Garov reyestri” DUK faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2014-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda garov reyestrining dasturiy platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkilotlar mutaxassislari va garov reyestriga yozuvlarni kiritish bilan shugʻullanuvchi boshqa shaxslar uchun seminarlar hamda amaliy treninglar tashkil etish va oʻtkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining yigirma foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
tergov va dastlabki tergov organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan garov reyestriga yozuvlar kiritish, shuningdek ularga garov reyestridan koʻchirmalar berish bepul asosda amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va mazmuni keng yoritilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-iyun,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-son qaroriga ILOVA
Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
1. Ushbu Nizom “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garov reyestriga yozuvlarni kiritish, ularni oʻzgartirish va chiqarib tashlash, shuningdek garov reyestridagi yozuvlarni izlash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
boshqaruvchi(maʼmur) — foydalanuvchi — yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan, ushbu yuridik shaxs nomidan faoliyat yurituvchi, roʻyxatga oluvchilarni (registratorlarni) belgilaydigan jismoniy shaxs. Boshqaruvchi, shuningdek roʻyxatga oluvchining vazifalarini amalga oshirishi mumkin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
garov reyestri — majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida qarzdorlarning berib qoʻyilgan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini taʼminlashi bilan bogʻliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning yagona axborot bazasi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
foydalanuvchining shaxsiy kabineti — foydalanuvchi toʻgʻrisida, shuningdek uning garov reyestri bilan oʻzaro faoliyati uchun shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan garov reyestridagi elektron resurs. Foydalanuvchilar uchun shaxsiy kabinet ular tomonidan tegishli yakka tartibdagi loginlar va parollar kiritilganda ochiq boʻladi;
foydalanuvchilar — garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega boʻlgan kreditor, qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qoʻyish huquqiga ega boʻlgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
roʻyxatga oluvchi — yuridik shaxs nomidan garov reyestriga yozuv kiritish, oʻzgartirish, chiqarib tashlash va yozuvlarni izlashga boshqaruvchi (maʼmur) tomonidan belgilanadigan yoki foydalanuvchi — yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan jismoniy shaxs.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi]
3. Garov reyestridan yozuvlarni izlashga cheklovlarsiz barcha shaxslar haqlidir.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
Bunda garov reyestrining qolgan funksiyalariga kirishga, shu jumladan izlash natijalariga koʻra garov reyestridan koʻchirma berishga ruxsat ushbu Nizomga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish va avtorizatsiya tartibotidan oʻtgan shaxslarga beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
4. Garov reyestri davlat tilida yuritiladi. Shuningdek rus va ingliz tillarida garov reyestrini yuritishga ruxsat beriladi.
5. Garov reyestrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Garov reyestri” DUK deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
6. “Garov reyestri” DUK ushbu Nizomga muvofiq Internet tarmogʻi orqali garov reyestrining uzluksiz kecha-kunduz faoliyat yuritishini taʼminlaydi. “Garov reyestri” DUK sayti TAS-IX zonasida joylashtiriladi va “garov.uz” domen nomiga ega boʻladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Garov reyestriga yozuv kiritish, yozuvni izlash va izlash natijalari toʻgʻrisida koʻchirmalar olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Foydalanuvchilarni roʻyxatga olish va avtorizatsiya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
7. Garov reyestriga kirish garov reyestridagi yozuvni izlash funksiyasidan tashqari faqat foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
8. Shaxsiy kabinetni yaratish uchun foydalanuvchi tomonidan garov reyestri saytiga elektron ariza beriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.07 Oʻzining huquq va manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish huquqi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Foydalanuvchi garov reyestriga yozuvlar kiritish boʻyicha shartnoma bilan tanishish huquqiga ega hamda ariza berishda ushbu shartnomaning shartlarini belgilangan tartibda qabul qiladi. Bunda foydalanuvchi tomonidan shartnomaning shartlari qabul qilingan vaqtdan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
9. Shaxsiy kabinetni ochishga elektron ariza garov reyestri tomonidan avtomatik ravishda real vaqt rejimida quyidagi yoʻllar bilan ishlanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan foydalanuvchilarning ariza bergan bir-biriga oʻxshash shaxslarning mavjudligi (mavjud emasligi)ni tekshirish;
shaxsning arizasini reyestr xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻlanmaganligi sababli ilgari yopib qoʻyilgan shaxsiy kabinet boʻyicha tekshirish;
Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek Xalq bankining Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi va boshqa tashkilotlarning tegishli elektron resurslarini qoʻllagan holda foydalanuvchini identifikatsiyalash, zaruriyatga koʻra foydalanuvchini garov reyestrida shaxsiy kabinet ochish bilan roʻyxatdan oʻtkazish.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
10. Shaxsiy kabinet foydalanuvchi — jismoniy shaxsga, foydalanuvchi — yuridik shaxsning boshqaruvchisi (maʼmuri) va roʻyxatga oluvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
garov reyestriga yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlash;
garov reyestridagi yozuvlarni izlash;
yozuvlarni izlash natijalariga koʻra garov reyestridan koʻchirmalar olish;
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan yozuvlar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan yozuvlar kiritilgan hisobotlarni hamda yozuvlarni oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarlarni qarab chiqish;
qonunda nazarda tutilgan holatlarda foydalanuvchining mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi kiritilgan yozuvlarga eʼtirozlar bildirish;
oʻz kirish parolini oʻzgartirish.
Ushbu funksiyalarga qoʻshimcha ravishda foydalanuvchi — jismoniy shaxs yoki foydalanuvchi — yuridik shaxsning boshqaruvchisi (maʼmuri) shaxsiy kabinet orqali quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
foydalanuvchining (toʻlovlarni amalga oshirish tafsilotlari, manzil, telefon, elektron pochta, identifikatsiya maʼlumotlari), boshqaruvchilar va roʻyxatga oluvchilarning hisobga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish;
foydalanuvchi — yuridik shaxsning roʻyxatga oluvchilarini (maʼmurlarini) qoʻshish yoki ularni chiqarib tashlash;
reyestrdan foydalanganlik uchun foydalanuvchining toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish.
Shaxsiy kabinet ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.
11. “Garov reyestri” DUK ixtisoslashtirilgan elektron forumi orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
12. Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga foydalanuvchi (boshqaruvchi, roʻyxatga oluvchi)ning noyob logini va paroli asosida avtorizatsiya qilingandan keyin kirishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Login foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va garov reyestri tomonidan uning noyobligi tekshiriladi. Garov reyestrida boshqa foydalanuvchining shunga oʻxshash logini mavjud boʻlgan taqdirda foydalanuvchi boshqa loginni tanlashi shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Dastlabki parol garov reyestri tomonidan avtomatik ravishda beriladi hamda tizimga birinchi kirishda foydalanuvchi (boshqaruvchi (maʼmur), roʻyxatga oluvchi) tomonidan oʻzgartirilishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Foydalanuvchi tomonidan parol yoʻqotilganda, garov reyestri foydalanuvchi (boshqaruvchi (maʼmur), roʻyxatga oluvchi) identifikatsiya qilingandan keyin uni qayta tiklash tizimiga ega boʻlishi kerak.
III. Yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlash
13. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda foydalanuvchi — yuridik shaxs nomidan garov reyestriga yozuv uning boshqaruvchisi (maʼmuri) va (yoki) roʻyxatga oluvchisi (roʻyxatga oluvchilari) tomonidan kiritiladi. Foydalanuvchi — yuridik shaxs bitta boshqaruvchi (maʼmur)ga va cheklanmagan roʻyxatga oluvchilar soniga ega boʻlishi mumkin.
Jismoniy shaxsni foydalanuvchi — yuridik shaxsning roʻyxatga oluvchisi sifatida tayinlash uning shaxsiy kabinetida quyidagilarni koʻrsatgan holda buyurtmani toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, STIRi;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
14. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish uchun foydalanuvchi quyidagilarni koʻrsatadi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR va KTUT;
b) yozuv kiritiladigan mol-mulkka nisbatan uning tavsifi. Tavsif mol-mulkni identifikatsiya qilish imkonini berishi kerak va quyidagi yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin:
kreditorning huquqi boʻlgan mol-mulkka umumiy tavsif (masalan, barcha asbob-uskunalar, barcha debitorlik qarzlar va boshqalar), yoki har bir obyektning identifikatsiya belgilarini koʻrsatgan holda mol-mulkning batafsil tavsifi (masalan, seriya va kadastr tartib raqami), yoki pdf formatidagi batafsil roʻyxati ilova qilingan holda mol-mulkning umumiy tavsifi. Binolar va inshootlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻladigan avtomototransport vositalari, qoidaga koʻra, batafsil tavsiflanadi. Koʻchmas mulkni ajratib boʻlmaydigan yaxshilashlar ularga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektining identifikatsiya belgilari koʻrsatilgan holda tavsiflanadi;
v) qarzdorning mol-mulkiga kreditorning huquqlari tavsifi: garov, ushlab qolish, lizing yoki boshqa taʼminot, qarzdor tomonidan mol-mulkka toʻlov toʻlangunga qadar yoki muayyan voqea yuz berganga qadar mulkchilik huquqi, servitut, mol-mulkni xatlash, bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, qarzdorning mol-mulki hisobiga talablarni qondirish huquqi va boshqalar.
15. Foydalanuvchi ishonchnoma asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaklda oʻzining ishonchli shaxslariga uning manfaatlarini koʻzlab ish koʻrishni va uning nomidan garov reyestriga yozuv kiritishni topshirishi mumkin.
Agar ishonchli shaxs boshqa kreditorlar, jumladan xorijiy kreditorlar manfaatlaridan kelib chiqib (ishonchnoma asosida yoki boshqa shaklda) ish koʻrgan taqdirda, foydalanuvchi huquqlarni tavsif etishda yozuv kiritishdan manfaatdor kreditorlarni ham koʻrsatib oʻtadi.
16. Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda yozuvga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
a) tergov va dastlabki tergov organlari tomonidan — jinoiy ish qoʻzgʻatish sanasi va tartib raqami, uning doirasida qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanish boʻyicha huquqlarini cheklash boʻyicha qaror qabul qilinganda;
b) davlat soliq xizmati organlari tomonidan — sud yoki davlat soliq xizmati organining (bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish uchun) tegishli qarori qabul qilingan sana va tartib raqami yoki soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash toʻgʻrisida qoʻyilgan talabnomalarning sanasi va raqami;
v) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan — bojxona va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash yuzasidan davlat bojxona xizmati organining tegishli qarori qabul qilingan sana va uning raqami yoki talabnomalar qoʻyilgan sana va ularning raqami;
g) foydasiga qarzdorning mol-mulkini undirish qaratilganligi toʻgʻrisida sudning qarori chiqarilgan shaxs tomonidan — sudning tegishli qarori qabul qilingan sana va tartib raqami;
d) boshqa kreditorlar tomonidan:
qarzdorning yozuv kiritishga roziligining mavjudligi;
qarzdorning turi (jismoniy shaxs va uning jinsi, xoʻjalik yurituvchi subyekt — yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt — kichik biznes vakili, xoʻjalik yurituvchi subyekt — boshqalar, boshqa yuridik shaxslar) va uning faoliyatining asosiy sohasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
17. Ushbu Nizomning 14 — 16-bandlarida nazarda tutilgan barcha maʼlumotlar koʻrsatilgandan keyin har bir yozuv garov reyestrida belgilangan tartibda avtomatik ravishda sanasi va vaqti (soat, minut va sekund) koʻrsatilgan holda va noyob roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda avtorizatsiya kodi berilgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Yozuvlar garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin foydalanuvchiga bir vaqtning oʻzida tegishli hisobot beriladi.
Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan maʼlumot garov reyestri monitoringini olib borish maqsadlari uchun foydalaniladi hamda boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq emas.
18. Garov, ushlab qolish va boshqa turdagi taʼminotlar, shuningdek ularga boʻlgan huquqlar boʻyicha bitta shartnoma uchun bitta yozuv kiritishga ruxsat beriladi.
19. Yozuvga oʻzgartirish kiritish, chiqarib tashlash va bekor qilish uchun foydalanuvchi oldindan tegishli avtorizatsiya kodini kiritishi lozim.
20. Garov reyestridagi yozuv roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab garov reyestridan chiqarib tashlangunga qadar amal qiladi. Qoʻshimcha mol-mulk yoxud qarzdor kiritiladigan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi yozuv faqat tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan oʻz kuchini tatbiq etadi.
21. Kreditor mol-mulkka yoki qarzdorga tegishli boʻlgan yozuvga noxolis va notoʻgʻri maʼlumot kiritgan deb hisoblaydigan foydalanuvchi — qarzdor shaxsiy kabinet orqali yozuvga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni talab qilgan holda kreditorga murojaat qilishga haqli. Agar murojaat berilgan sanadan boshlab bir hafta mobaynida foydalanuvchi — qarzdorning murojaati qondirilmasa, u noxolis va notoʻgʻri maʼlumot deb hisoblaydigan yozuvga eʼtiroz kiritishga haqlidir.
Foydalanuvchi — qarzdorning eʼtirozi yozuvni tushuntirish sifatida toʻldiradi. Yozuvdagi noxolis va notoʻgʻri maʼlumot tuzatilgan taqdirda qarzdor oʻz eʼtirozini olib tashlashi shart.
22. Foydalanuvchilar tomonidan garov reyestridagi axborotni izlash qarzdorning STIRi, noyob roʻyxatdan oʻtkazish raqami, shuningdek garov reyestridagi yozuvning boshqa muhim sahifasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Garov reyestridagi maʼlumotni izlayotgan foydalanuvchining talabiga koʻra “Garov reyestri” DUK izlash natijalarini koʻchirma sifatida qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
23. “Garov reyestri” DUK garov reyestridagi yozuvni faqat sudning tegishli qarori asosida oʻzgartirish yoki chiqarib tashlash huquqiga ega. Bunda sudning ushbu qarori oldindan skanerlab olingan va “Garov reyestri” DUK oʻzgartirgan va chiqarib tashlagan yozuvga ilova qilingan boʻlishi lozim.
24. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish va garov reyestridan izlash natijalari boʻyicha koʻchirmalar olish qonun hujjatlariga muvofiq pulli asosda amalga oshiriladi.
25. Jismoniy shaxslar bevosita reyestrda yozuvni roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻchirmalar berishga qadar oʻz toʻlov kartalari vositasida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovlarning boshqa turlari orqali toʻlovlarni amalga oshiradilar.
Yuridik shaxslar garov reyestriga yozuv kiritilgan va koʻchirmalar olingan oy mobaynida ushbu oy tugagandan keyin oʻn kun mobaynida toʻlovlarni amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida tegishli toʻlovlar amalga oshirilmagan taqdirda “Garov reyestri” DUK ular uchun kelgusida yozuvlar kiritish va koʻchirmalar olish uchun hisob-kitoblarning oldindan toʻlash tartibini belgilashga haqlidir.
26. “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi tomonidan garov reyestri faoliyati natijalaridan olingan mablagʻlar uni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va yangilashga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
28. Foydalanuvchini roʻyxatga olishda va shaxsiy kabinetni ochishda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, “Garov reyestri” DUK foydalanuvchining tegishli murojaati asosida roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga (KTUT kodi, STIR, nomi va boshqalar) zarur tuzatishlar kiritishga haqli. Bunday holatda foydalanuvchi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
29. “Garov reyestri” DUK barcha yozuvlar, shu jumladan ularni kiritish, oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvlar yozuvlar garov reyestridan chiqarib tashlangandan keyin besh yil mobaynida saqlanishini taʼminlaydi.
30. “Garov reyestri” DUK faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yillik hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Garov reyestriga yozuvlarni kiritish, garov reyestridan yozuvlarni izlash va koʻchirmalar olish
SXEMASI
* Garov reyestridagi yozuvni cheklovsiz barcha shaxslar izlashga haqli. Bunda izlash natijalariga koʻra garov reyestridan koʻchirmalar berish roʻyxatdan oʻtkazish va avtorizatsiyalash tartibotidan oʻtgan shaxslarga (foydalanuvchilarga) beriladi.