toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 16.06.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“Oʻzmontajmaxsusqurilish”) assotsiatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-oktabrdagi PF-482-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“Oʻzmontajmaxsusqurilish”) assotsiatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-oktabrdagi PF-482-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyun,
PF-4622-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 283-modda)