toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.01.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIK FANLARI AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ilmiy kuchlarni jamlash va muvofiqlashtirishni taʼminlash, dehqonchilik-sanoat majmuining ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash maqsadida:
1. 1991-yilning 1-iyuldan V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xoʻjalik akademiyasi Oʻrta Osiyo boʻlimi hamda respublikada joylashgan dehqonchilik yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari negizida Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq I.H.Joʻrabekov) mazkur Farmonni bajarishga oid tashkiliy tadbirlarni koʻzda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 11-iyun,
PF-218-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 138-modda)