1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.02 (Кучини йукотган) Oʻrta taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.03 (Кучини йукотган) Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.60.00 (Кучини йукотган) Davlat taʼlim standartlari. Taʼlim dasturlari. Taʼlim jarayoni;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasini belgilash toʻgʻrisida
Budjet mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari hisobiga umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni xarid qilishda narxlar asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
1. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob fondi mablagʻlari hisobiga umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni (keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyotlari deb ataladi) nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasi mahsulotning prognozlashtirilgan ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Rentabellik zarur foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar summasi va sof foyda) oʻquv adabiyotlariga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻquv adabiyotlariga rentabellikning cheklangan darajasi qoʻllanilishining toʻgʻriligi ustidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan belgilangan rentabellikning cheklangan darajasi oshirilishi holatlari aniqlanganda Vazirlar Mahkamasining “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qoʻllaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda oʻquv adabiyotlarini nashr etish (qayta nashr etish) boʻyicha tender savdolariga nashriyotlar va matbaa korxonalarini keng jalb etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi 2015-yilda taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash natijalari boʻyicha hamda nashriyotlar va matbaa korxonalarining takliflarini hisobga olib, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻquv adabiyotlariga narx belgilash mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-may,
134-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 259-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)