1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq, shuningdek obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari (keyingi oʻrinlarda yagona buyurtmachi xizmatlari deb ataladi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga muvofiq yagona buyurtmachi xizmatlarining rahbarlari, xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
2. 2014-yil 1-yanvardan boshlab yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning amaldagi tarif koeffitsiyentlariga cheklangan oshiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq belgilansin.
3. Vazirliklar, idoralar va yagona buyurtmachi xizmatlari rahbarlari yagona buyurtmachi xizmatlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kapital qoʻyilmalardan foydalanish samaradorligiga, bajarilgan ishlar sifati va hajmiga qarab tabaqalashtirib amalga oshirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-may,
124-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-maydagi 124-son qaroriga ILOVA
Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning
Moliyalashtirishning barcha manbalari boʻyicha investitsiya loyihalarining yillik hajmlari
Tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlari**
1.
50,0 mlrd soʻmgacha
1,8
2.
50,0 mlrd soʻmdan 100,0 mlrd soʻmgacha
1,9
3.
100,0 mlrd soʻm va undan yuqori
2,0
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining yagona buyurtmachi xizmatlari uchun, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlaridan qatʼi nazar, 2,0 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
** Oshiruvchi koeffitsiyent miqdori moliyalashtirishning barcha manbalari boʻyicha investitsiya loyihalari hajmiga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng keyingi oydan boshlab qayta koʻrib chiqiladi.