1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2198-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52 (I)-son) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88 sonli qarori (roʻyxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-aprel,
33-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 15-aprel,
65-son
“Oʻzkommunxizmat” Agentligi bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-aprel,
03-1/392-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2014-yil 15-apreldagi 33, 65 va 03-1/392-son qaroriga ILOVA
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 313, 317 va 3252-moddalariga muvofiq kommunal xoʻjalik tizimining issiqlik, suv taʼminoti tashkilotlari uchun budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solinadigan bazasi etib, mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi va tegishincha issiqlik taʼminoti tashkilotlari uchun issiqlik energiyasining, suv taʼminoti tashkilotlari uchun suvning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi hisoblanadi.”.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 15-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 231-modda)