1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh KOMITETI (DAVLAT MULKI KOMITETI)NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7-fevraldagi 1994-yil PF-758-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi.
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro eta borib hamda respublika hududida bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rag‘batlantirish, unumli mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona siyosat o‘tkazish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot komiteti va Davlat statistika komiteti xodimlari soni hamda mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti (Davlat mulki komiteti) tashkil qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki komiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaramog‘ida bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga hisobot beradi.
2. Quyidagilar Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komitetining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari qilib belgilansin:
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chog‘ida xalqning mulkiy huquqlarini va ijtimoiy adolat qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy mustaqilligi hamda milliy xavfsizligini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika mulki hamda ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) ajratish;
davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar hamda mulkning turlari va guruhlarini aniqlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining muhokamasiga taqdim etish va amalga oshirish;
respublikaning davlat mulkini jamoa, ijara, aksionerlik, xususiy mulkka hamda o‘zgacha mulkchilik shakllariga asoslangan boshqa korxonalarga aylantirish tartibi va vositasini belgilash;
respublika davlat mulkini xususiylashtirishda ajnabiy yuridik shaxslar hamda fuqarolarning ishtirok etishlarida belgilangan miqdor va tartibni asoslab berish;
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq davlat mulki bo‘lgan aniq obyektlarni, avvalo kam foyda keltiradigan va zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
davlat mulkini ro‘yxatga olish, davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qiymatini baholash ishlarini tashkil qilish;
xususiylashtirishga doir kimoshdi savdolari va tanlovlarni o‘tkazish tartibini, ularda xaridorlarning ishtirok etish shartlarini ishlab chiqish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus jamg‘armalarini tuzish hamda ulardan foydalanish tartibiga oid takliflarni asoslab berish;
respublika mulki bilan kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga tashkiliy va uslubiy jihatdan rahbarlik qilish, kommunal mulk obyektlarining tasarrufchilari bo‘lmish idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish.
3. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komitetining, uning joylardagi organlarining o‘z vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki komitetining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi, Komitet Nizomini va tuzilmasini tasdiqlashi zarur.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-fevral,
PF-337-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 193-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 70-modda)