1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-may,
116-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-maydagi 116-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadi”;
“1.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi estrada sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilot hisoblanadi”.
“1.2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining qaror va tavsiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining buyruqlari, yoʻriqnomalari, koʻrsatmalariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga hisobot beradi”;
ikkinchi xatboshiga “Kengashi” soʻzidan keyin “tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan” soʻzlari qoʻshilsin;
sakkizinchi xatboshiga “rahbarligiga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
4.2 va 4.3-bandlardagi “Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5.5. Birlashma bosh direktorining oʻrinbosari bosh direktorning tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”;
“6.1. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil qilinadi yoki tugatiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 20-modda):
a) 1-ilovaning 13-bandi ikkinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin.
b) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar roʻyxati
I. Madaniyat muassasalari
1. “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi.
3. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi
4. Orkestr (simfonik, kamerli, xalq cholgʻu asboblari).
6. “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi.
7. “Oʻzbeksirk” respublika birlashmasi.
8. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi.
9. Oʻrta maxsus taʼlim muassasalari.
10. Respublika metodika va axborot markazi.
11. Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi.
12. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi.
13. Badiiy ekspertiza boshqarmasi.
14. “Oʻzbekmuzey” respublika jamgʻarmasi, respublika muzeylari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2009-yil 29-iyundagi 181-son qaroriga 2, 3 va 4-ilovalardagi “Xaydarov A.X. — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori” soʻzlari “Axmedov B.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 215-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/864/2101-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)