OʻZBEKKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1864-1]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 9-sentabrdagi 168-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-aprel,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 3-apreldagi 4-sonli buyrugʻiga ILOVA
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 105-modda)” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“mahalliy elektr stansiyalari generatorlarining va sinxron dvigatellarning reaktiv quvvatidan 6–10 kV hamda 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlar uchun foydalanishning kerakli darajasini belgilash;”.
“60 foizdan kam yuklanadigan asinxron dvigatellarni texnik-iqtisodiy asoslanish va quvvati kamroq boʻlgan dvigatellarga almashtirish, bunda almashtirishning amaliy imkoniyati boʻlishi shart;”;
oltinchi xatboshidagi “yuritgichlarni” va “yuritgichlarga” degan soʻzlar tegishlicha “dvigatellarni” va “dvigatellarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“28. Reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi boʻyicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq belgilanadi.”.
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “yuritgichlarni” va “yuritgichlarga” degan soʻzlar tegishlicha “dvigatellarni” va “dvigatellarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “yuritgichlar” va “yuritgichlarni” degan soʻzlar tegishlicha “dvigatellar” va “dvigatellarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yuritgichi” degan soʻz “dvigateli” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 10-banddagi “oʻrtasidagi ts burchagi” degan soʻzlar “oʻrtasidagi φ burchagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 12-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “yuritgichlar” degan soʻz “dvigatellar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
j) 4-jadvaldagi “yuritgichlar” degan soʻz “dvigatellar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” Ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 2-aprel
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2014-yil 19-mart
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruvi raisi X. ShERMATOV
2014-yil 14-mart
“Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” OAK Boshqaruvi raisi D. KULBATSKIY
2014-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 175-modda)