toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2139-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
6-banddan “va budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
1-ilovaning oʻn uchinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2014-yil 1-aprel,
16-mh-son
Kelishildi:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 1-aprel
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 1-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2014-yil 1-aprel
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direktori E. AXMEDOV
2014-yil 1-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 172-modda)