toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2010
Hujjat 09.07.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1376-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining direktori lavozimlari tugatilsin.
2. Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq va “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-sonli qarorining 1-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-iyuldagi PQ-398-sonli qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyul,
PQ-1154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 7-son, 257-modda)