Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv tuzilmasi va ish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori lavozimlari kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq va “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.