1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 20-martdagi PQ-1940-son qarorini bajarish yuzasidan hamda moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni saqlash sohasiga va ularning zarur holatda boʻlishini qoʻllab-quvvatlashga investitsiyalar va budjetdan tashqari moliyalashtirish hajmi ortib borishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu obyektlardan madaniy-oʻrganish va turizm maqsadlarida kengroq va samarali foydalanishni taʼminlash, shu asosda oʻzaro bogʻliq infratuzilma va xizmatlar sohasi obyektlari sonini koʻpaytirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va barcha darajalardagi budjetlarni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga doir tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Hukumat komissiyasi (A.I. Ikramov) ikki hafta muddatda komissiya ishi reglamentini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin. Qaror loyihasida shu jumladan moliyalashtirishning aniq manbalari va moddiy madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi nazarda tutilsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshiga “teatr-tomosha korxonalarining mol-mulkini” soʻzlaridan keyin “, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-mart,
53-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qaroriga 1-ILOVA
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ijaraga berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda obyektning ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorlik faoliyati subyekti (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
ijaraga beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari huzuridagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari;
hududni obodonlashtirish — obyektlarning tarixan shakllangan tashqi koʻrinishini hisobga olgan holda yer yuzasi qoplamasidan foydalanish, manzarali koʻkalamzorlashtirish va suv chiqarish, mukammal boʻlmagan inshootlar va kichik arxitektura shakllarini qurish, tashqi tomonini yoritish, koʻzga koʻrinarli axborot, reklama va boshqa vositalar hisobiga hududni yaxshilash chora-tadbirlari qoʻllangan holda amalga oshiriladigan hududning xavfsizligi, qulayligi va badiiy ifodaliligini taʼminlashga hamda uning atrofida qulay turizm infratuzilmasini yaratishga doir chora-tadbirlar;
obyektning tashqi koʻrinishi — obyektning ijaraga oluvchiga berilgan paytdagi tashqi koʻrinishi;
investitsiya majburiyatlari — obyektni va unga tutash hududni zarur tarzda saqlash, tiklash, obodonlashtirish hamda undan foydalanish maqsadida shartnoma shartlari boʻyicha ijaraga olinadigan investitsiyalar kiritishga doir majburiyatlar;
tanlov — tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan mezonlar va shartlarga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash vositasida ijaraga oluvchini aniqlash shakli;
obyektlar — davlat mulki boʻlgan va oʻzida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatni ifodalaydigan moddiy madaniy meros obyektlarini, yaʼni haykallar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar;
muhofaza taxtachasi — marmardan tayyorlangan, yozuv yozilgan, nomi, obyekt yaratilgan sana, shuningdek ushbu obyekt moddiy madaniy meros obyekti hisoblanishi hamda shakli va oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadigan davlat muhofazasida ekanligi koʻrsatiladigan taxtacha;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
talabgor — moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda, taklif etilgan shartlarda ijaraga olish uchun talabgorlarni tanlash boʻyicha tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorlik faoliyati subyekti (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti).
3. Ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga beriladigan moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda roʻyxat deb ataladi) kiritilgan obyektlar ijaraga berilishi mumkin.
4. Roʻyxat obyektlarni xatlovdan oʻtkazgan va obyektlarning tarixiy-madaniy ekspertizasi oʻtkazilgan holda ularning son va sifat tavsiflari toʻgʻrisida tayyorlangan axborot asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi deb ataladi) tomonidan shakllantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
5. Roʻyxatni tasdiqlash moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga doir tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Roʻyxat Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadigan Madaniyat vazirligining (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) takliflari asosida, zaruriyatga koʻra, Hukumat komissiyasi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
7. Obyektlarni ijaraga berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
II. Obyektlarni ijaraga berish shartlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
10. Obyektlar ularga nisbatan ijaraga beruvchida:
ilgari tuzilgan davlat mulkining ijara shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi;
ularning muomalaga layoqatsizligi va cheklangan muomala layoqati (jismoniy shaxslarga nisbatan) toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxslarga ijaraga berilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
11. Ijaraga berilgan obyekt, shuningdek ijaraga oluvchining obyektni yoki uning bir qismini ijaraga olish huquqi oʻzgaga berilishi, garovga qoʻyilishi yoki ijaraga beruvchi tomonidan boshqacha tarzda uchinchi shaxslarga inʼom qilinishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan obyektni, shu jumladan subijara shartlarida uchinchi shaxslarga berishga haqli emas.
III. Obyektlarni ijaraga berish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
12. Ijaraga beruvchi obyektlarni ijaraga berish maqsadida ijaraga beriladigan obyektlar boʻyicha eʼlon beradi, obyektlarni ijaraga olishga buyurtmanomalarni qabul qiladi va ularning roʻyxatdan oʻtkazilishi, maxfiyligi va saqlanishini taʼminlaydi.
13. Ijaraga beriladigan obyektlar boʻyicha eʼlon majburiy tartibda davriy nashrlarda, shuningdek ishchi organ, Davlat raqobat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
14. Obyektning ijarasi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, u bilan bogʻlaniladigan telefon va faks, elektron pochta manzili;
obyektni berish shartlari, ijara obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan restavratsiya-tiklash ishlarini olib borish, uni saqlash, obodonlashtirish va undan foydalanish shartlari, Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan kadastr axboroti va boshqa zarur maʼlumotlar;
investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdorlari;
obyektni ijaraga olish muddati;
Hukumat komissiyasi va uning ishchi organining xohishiga koʻra boshqa maʼlumotlar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
15. Tanlovda ishtirok etish uchun tushgan buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan uch ish kuni mobaynida ishchi organga beriladi.
16. Ishchi organ ijaraga beruvchi ishtirokida tushgan buyurtmanomalarni ularning eʼlonda nazarda tutilgan tanlov shartlariga muvofiqligi yuzasidan oʻn ish kuni mobaynida oʻrganadi va ularni koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi.
Hukumat komissiyasi ishlari uning oʻzi tasdiqlaydigan reglamentga muvofiq tashkil etiladi.
18. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tashkil etish (tushgan takliflarni ekspertiza jihatidan baholash, Hukumat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek Hukumat komissiyasi ishlarini yuritish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
21. Hukumat komissiyasining qarorlari majlisda hozir boʻlgan Hukumat komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Hukumat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Hukumat komissiyasining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani Hukumat komissiyasi aʼzolari imzolaydi va uning raisi tasdiqlaydi.
Bayonnomani imzolashda Hukumat komissiyasi aʼzolari oʻzlarining alohida fikrini yozma shaklda bayonnomaga ilova qilishga haqlidir.
24. Takliflarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma asosida tegishli obyektning ijara shartnomasi tuziladi.
25. Moddiy madaniy meros obyekti va unga tutash hudud investitsiya majburiyatlari olingan holda ijaraga berish boʻyicha tanlovga qoʻyilgandan keyin uch oy mobaynida qiziqish boʻlmagan va tanlov boʻlib oʻtmaganligi eʼtirof etilgan taqdirda ijaraga beruvchi uning Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish (ommaviy oferta) yoʻli bilan ijaraga berilishi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon beradi.
26. Obyektning ijara shartnomasi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, balansda saqlovchi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladi. Shartnoma takliflarni koʻrib chiqish bayonnomasida koʻrsatilgan muddat mobaynida barcha taraflar tomonidan imzolanishi kerak.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
27. Obyektning ijara shartnomasida quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
obyektning toʻliq nomi va joylashgan joyi (obyektning tavsifi);
obyektning shartnoma tuzilgan kundagi texnik holati;
obyektdan foydalanish maqsadlari;
obyektga nisbatan ijaraga oluvchining qoʻriqlash majburiyati (obyektni saqlash va uning koʻrinishini, shuningdek interyerning tarixiy detallarini saqlash boʻyicha majburiyatlar);
obyektda ishlarning barcha turlarini bajarishga, shu jumladan uning tashqi koʻrinishini, interyeri va tutash hududni Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi bilan yozma kelishuvsiz oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi shartlar;
ijaraga oluvchining restavratsiya-tiklash ishlarini va boshqa ishlarni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan loyihaga muvofiq bajarish toʻgʻrisidagi majburiyati;
(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
obyektning shartnoma toʻxtatilgandan keyingi holati va uni qaytarish tartibi;
tutash hududni obodonlashtirish boʻyicha talablar;
ijaraga oluvchining tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun qulayliklar (shu jumladan amaldagi sanitariya talablariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq jihozlangan hojatxonalar) yaratish boʻyicha majburiyati;
obyektga kiritishning ish kunlari va soatlari koʻrsatilgan shartlari;
obyektdan foydalanishning shartlari, tartibi va aniq muddatlari;
obyektga mablagʻlarni investitsiyalash shartlari, tartibi, aniq muddatlari va miqdori;
ijaraga oluvchi tomonidan olingan majburiyatlar ijrosining holati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchining shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatlari;
obyektda restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan loyihasiz yoki tasdiqlangan loyiha buzilgan holda bajarilganda;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
ijaraga oluvchining xatti-harakati obyektning yaroqsiz holga yoki uning buzilishiga olib kelgan holatlar aniqlanganda ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisidagi shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
29. Obyektning ijara shartnomasi besh yil muddatga tuziladi. Ijara shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish Hukumat komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
30. Ijaraga beriladigan obyektlar hisobini yuritish maqsadida ijaraga oluvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin reyestrga yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har biriga hisobga olish yozuvining sanasi va raqamini koʻrsatgan holda hisobga olish toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga, ijaraga oluvchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
31. Obyektning ijara shartnomasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
32. Ijaraga oluvchilar shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh yil muddatga ijara toʻlovining hisoblab chiqilgan qiymatining 80 foizi miqdorida ijara toʻlovini toʻlashdan ozod etiladilar. Ushbu muddat Hukumat komissiyasining qarori asosida shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilgan hollarda uzaytirilishi mumkin.
Ijara toʻlovining hisoblab chiqilgan qiymatining qolgan qismi, shuningdek ijara toʻlovi toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun solingan jarima summasi ijaraga beruvchining tranzit hisob raqamlariga tushadi va bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak:
50 foizi ijaraga beruvchida qoldiriladi;
mablagʻlarning 50 foizi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining maxsus jamgʻarma hisob raqamida jamlanadi.
33. Obyektni ijaraga oluvchining investitsiya majburiyatlarining eng kam summasi ijara shartnomasi tuzilgan kunda qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqiladigan, ijara shartnomasining amal qilish muddatiga (yillar soniga) koʻpaytirilgan ijara toʻlovining yillik summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
34. Beriladigan obyektlar boʻyicha ijara toʻlovining hisob-kitobi (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Bunda kommunal va foydalanish xarajatlari ijaraga oluvchi tomonidan mustaqil ravishda toʻlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
35. Ijara toʻlovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqib hisoblab chiqilgan teng davriy (choraklik, oylik va boshqalar) toʻlovlar bilan kiritiladi. Toʻlov obyektning uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda har bir keyingi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun yuz foiz oldindan haq toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
V. Hukumat komissiyasi, ishchi organ va ijaraga beruvchining asosiy funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari asosida har bir obyekt boʻyicha investitsiyalarning eng kam miqdorlarini va ijaraga berish muddatlarini individual tasdiqlaydi;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
har bir obyekt boʻyicha obyektlarning asosiy yoʻnalishlarini va ulardan foydalanish maqsadlarini individual belgilaydi;
vakolatli organlarning ular boʻyicha ularni ijaraga berish toʻgʻrisida Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan obyektlarning holati, saqlanishi va obodonchiligi monitoringi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi;
ijaraga beriladigan obyektlarni restavratsiya qilish va tiklash dasturlarini tasdiqlaydi;
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi tamoyillari asosida tanlov ishtirokchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratadi;
obyektlarni ijaraga berish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb etilgan ekspert kompaniyalar va maslahatchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etadi;
obyektlarni ijaraga berish uchun talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlaydi.
ijaraga berilayotgan obyektlarda restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hukumat komissiyasiga tanlovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, toʻlovlarning tartibi va shartlari toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
ular boʻyicha ijaraga berish toʻgʻrisida Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan obyektlarni zarur holatda saqlash, ularning saqlanishi va obodonchiligi boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etadi;
talabgorlarning soʻrovi boʻyicha ularga ijaraga berilayotgan obyekt, uning tavsifi va u bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi;
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻziga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotni oladi;
Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajaradi;
Hukumat komissiyasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etadi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
38. Ijaraga beruvchi obyektlarni ijaraga berish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
obyektning tuziladigan ijara shartnomasida qatnashadi hamda shartnomalarning roʻyxatdan oʻtkazilishi maxfiyligini va saqlanishini taʼminlaydi;
ijaraga berilayotgan obyektni tegishli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha shartnoma loyihasini ishlab chiqadi hamda ishchi organ, kommunal va foydalanish xizmatlari koʻrsatuvchilar (zaruriyat boʻlganda) bilan kelishadi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarni taʼminlash;
obyektlarni saqlash va ulardan foydalanish mezonlari bilan oldindan tanishish;
obyekt, uni saqlash va undan foydalanish toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kapital qoʻyilmalarni himoya qilish;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
davlat boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari, xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish;
uning tomonidan investitsiya majburiyatlari zarur tarzda bajarilgan taqdirda Hukumat komissiyasining qarori bilan shartnomani navbatdagi muddatga uzaytirish.
obyektlar, bogʻlar, istirohat bogʻlari, inshootlar, sanʼat asarlari, tarixiy-badiiy ahamiyatga ega boʻlgan buyumlarni zarur tarzda saqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rejimga rioya qilinishini va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni taʼminlash;
obyektdan faqat ijara shartnomasida belgilangan maqsadda foydalanish;
obyektga nisbatan ijaraga oluvchining muhofaza majburiyatini bajarish;
obyektga zarur tarzda qarash, uni tiklash, saqlash va undan foydalanish boʻyicha majburiyatlarni bajarish;
belgilangan miqdorlarda va muddatlarda qabul qilingan investitsiya majburiyatlarni bajarish;
obyektning holati va shartnoma majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi davriy axborotni ijara shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda Madaniyat vazirligiga taqdim etish;
(40-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qonun hujjatlari normalariga zid boʻlmagan talablarini bajarish;
muhofaza taxtachasini oʻz hisobidan oʻrnatish va/yoki yangilash.
Ijaraga oluvchiga shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
VII. Obyektlarning ijara shartnomalari talablari bajarilishini nazorat qilish tartibi
41. Ijara shartnomasining amal qilish muddati mobaynida Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi:
shartnoma majburiyatlarini bajarish boʻyicha olingan axborotni tahlil qilish;
shartnoma majburiyatlari bajarilishini va obyektning holatini joyning oʻzida oʻrganish;
bajariladigan ishlarning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligini tekshirish yoʻli bilan ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasiga muvofiq oʻz zimmasiga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini muntazam ravishda nazorat qiladi.
Ushbu maqsadlarda Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi:
ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmda va tartibda ijaraga oluvchidan axborotni soʻrashga;
zaruriyat boʻlganda obyektning fizik holatini ijaraga oluvchining xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan koʻzdan kechirishga;
ijaraga olingan obyektdan foydalanish shartlari bajarilishi holatini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini (servitut, garov va shu kabilarni) oʻrganishga;
qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
42. Ijaraga berilgan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi oʻz vaqtida va zarur tarzda hisoblab chiqilishi, kiritilishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
43. Investitsiya majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish va uning monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qaroriga 2-ILOVA
Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga doir tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
Muratov M.M.
—
Madaniyat vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
Gʻaniyev E.M.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Saidova G.K.
—
Iqtisodiyot vaziri
Boltaboyev M.R.
—
Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri
Yusupov O.O.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi
Sharapov A.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
Toxtayev A.R.
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Usmanov A.A.
—
Adliya vazirining oʻrinbosari
Mirzayev A. Sh.
—
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Akramov O.A.
—
Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Qoʻchqorov J.A.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Gafarov S.X.
—
Davlat raqobat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Irgashev A.
—
Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi
* Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)