1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistondan chiqishi va kirishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida
Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish, xizmat safarlarining samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi va davlat sirlari himoyasini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari]
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlayotgan yoki ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari ularning yozma ravishda bergan roziliklari bilan cheklanishi mumkinligi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqishi belgilangan tartibda maxsus kelishuvga asosan amalga oshiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, ularning devonlari masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi kengashlari qarorlariga asosan chiqishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlasin, unda reja-topshiriq va xizmat safari natijalari boʻyicha hisobot tuzish tartibi, xizmat safariga yuborilayotgan mansabdor shaxslarning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, xizmat safarining maqsadi va vazifalarini samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini himoya qilish, rasmiy va norasmiy marosimlarni oʻtkazish paytida boʻlib turgan mamlakat qonunchiligiga va umumeʼtirof etilgan yurish-turish qoidalari (etiket)ga rioya etish, shuningdek davlat sirlaridan xabardor shaxslarning chet elga chiqishi munosabati bilan maxfiylik rejimini taʼminlash nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari]
5. Davlat hokimiyati va xoʻjalik organlari rahbarlari zimmasiga xizmat safarlarining asoslantirilganligi, samarali tashkil etilishi va natijadorligi, xizmat safari xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va oqilona sarflanishi, ushbu Qaror talablarining bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunga xilof ravishda chet elga chiqqanlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 2-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek qarorga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-mart,
PQ-2142-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qaroriga 1-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning
ROʻYXATI
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
1. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.03 Oliy Majlis Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, uning oʻrinbosarlari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.03 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, uning oʻrinbosarlari;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar boshqaruvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining boshqa mustaqil boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining direktori;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
101. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili;
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.02.00 Markaziy saylov komissiyasi. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi, uning oʻrinbosarlari;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi raislari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
14. Vazirlar va davlat qoʻmitalarining rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining raisi va uning oʻrinbosarlari;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Ijrochi direktori;
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi;
25. Viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
Izoh: mazkur Roʻyxatda koʻrsatilgan mansabdor shaxslar oʻrindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, oʻrindoshlik asosida egallagan lavozimi yoʻnalishi boʻyicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishish talab etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining (boshqarmalarining, boʻlimlarining) rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son)
3. Respublika davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (vazirliklar va davlat qoʻmitalari bundan mustasno);
4. Xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan tashkilotlar va muassasalar rahbarlari;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, uning oʻrinbosarlari;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qoʻmitasining raisi;
9. Davlat oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari (rektorlari) (DXX, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya vazirliklarining taʼlim muassasalari bundan mustasno);
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
10. “Sharq” NMAK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” OAJ bosh direktorlari;
11. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi;
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlari;
13. Ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari boshqaruvi raislari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
15. Tumanlar va shaharlar hokimlari (Toshkent shahri bundan mustasno).
Izoh:
1. Mazkur Roʻyxatda koʻrsatilgan mansabdor shaxslar oʻrindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, oʻrindoshlik asosida egallagan lavozimi yoʻnalishi boʻyicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishish talab etiladi.
2. Vazirlar Mahkamasi tomonidan chet elga xizmat safariga chiqishi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan qoʻshimcha lavozimlar ham belgilanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qaroriga 3-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi sudyalari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Milliy gvardiyaning Harbiy-texnika instituti, Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi instituti va Akademiyasi rahbarlari;
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasining Ijrochi direktori;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.02.00 Milliy xavfsizlik Kengashi]
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasining rahbari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati
2. Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, DXX, DXX chegara qoʻshinlari, Adliya, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasining, shu jumladan ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari — xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning (BMT, SHHT, MDH va boshqalar) rasmiy tadbirlarida qatnashish uchun;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
3. Mudofaa vazirligining oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari.
Izoh:
1. Mazkur Roʻyxatda koʻrsatilgan mansabdor shaxslar oʻrindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, oʻrindoshlik asosida egallagan lavozimi yoʻnalishi boʻyicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab etadi.
2. Mansabdor shaxslarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rasmiy tadbirlarida qatnashishini kelishish Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 103-modda; 2017-y., 25-son, 521-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)