Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq vujudga kelgan vaziyatni eʼtiborga olib va kompensatsiya toʻlovlarini hisobga olgan holda aholining xarid quvvatini nazarda tutib hamda SSJI Prezidentining 1991-yil 28-martdagi murojaatiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, OʻzSSJ Davlat narxlar qoʻmitasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarning aholiga uzluksiz sotilishini taʼminlasinlar.
Narxlarni oshirib yuborish hollariga qatʼiy barham berilsin, ushbu mahsulotlarning narxlarini va ularni yetkazib berish tartibini buzuvchilarga nisbatan qattiq choralar koʻrilsin.
3. OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qoʻmitalari kolxozlar, sovxozlar, kooperativlar, fermer va yakka xoʻjaliklarda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va xarid qilishni koʻpaytirishning zarur choralarini koʻrsinlar, moddiy ragʻbatlantirsinlar hamda chorvachilikni rivojlantirishda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi goʻsht-sut mahsulotlari yetkazib beruvchi boshqa jumhuriyatlar bilan mustahkam xoʻjalik aloqalari oʻrnatsinlar hamda tashqi iqtisodiyot tashkilotlari bilan birgalikda ushbu mahsulotlar rezervini koʻpaytirishning qoʻshimcha manbalarini qidirib topsinlar.
5. Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari narxlaridagi tafovutni savdo tashkilotlariga toʻlasin.