1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Fuqarolar (jismoniy shaxslar);
3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik hujjatlar berganlik uchun tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 26-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi;
b) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlar qatʼiy ravishda maqsadli tartibda:
biometrik pasportlar va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish;
biometrik hujjatlarni personallashtirish jarayonida qoʻllaniladigan va biometrik hujjatlarning ajralmas qismi boʻlgan import sarflash materiallarini sotib olish;
ishlab chiqarish uskunalarini taʼmirlash uchun import ehtiyot qismlar sotib olish;
xorijiy pudratchilar tomonidan uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy taʼminoti qiymatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi;
v) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi kalendar yil oxirida respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-fevral,
37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 89-modda)