2001-yil hosili paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq tovar yetishtiruvchilarini paxta va boshoqli don ekinlarining oʻz sifat parametrlari boʻyicha jahon bozori talablariga javob beradigan tezpishar va serhosil navlarini ekishni kengaytirganlik va yetishtirishni koʻpaytirganlik, ularning hosildorligi va sifatini oshirganlik uchun ragʻbatlantirishni kuchaytirish, paxtachilik va gʻallachilik xoʻjaliklarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2001-yil hosili paxta xomashyosi xarid narxlari 1-ilovaga va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari 2-ilovaga muvofiq;
paxta xomashyosi uchun uning sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, standart talablariga javob bermaydigan paxta xomashyosi uchun haq toʻlash ushbu qarorga 3-ilovada belgilangan tartibda xarid narxlaridan chegirishlar bilan amalga oshiriladi. “Mikroneyr” koʻrsatkichi xalqaro standartlar bilan belgilangan chegaralar (3,5 — 4,9)dan 0,5 punktdan ortiq farq qilgan taqdirda birinchi nav paxta xomashyosi uchun uchinchi nav narxi boʻyicha, ikkinchi nav paxta xomashyosi uchun toʻrtinchi nav narxi boʻyicha haq toʻlanadi.
3. 2001-yil uchun paxta tolasi davlat xaridlari hajmi uni ishlab chiqarish hajmining 30 foizi miqdorida, preyskurant narxlar boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun boshoqli ekinlar doni xarid qilish hajmi esa uni yetishtirish belgilangan hajmining 25 foizi miqdorida saqlab qolinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, tasdiqlangan davlat xaridlari hajmidan ortiqcha ishlab chiqarilgan paxta tolasi, paxta xomashyosi tayyorlash boʻyicha topshiriq bajarilgan taqdirda, shuningdek belgilangan davlat xaridlari hajmidan ortiqcha xarid qilingan boshoqli ekinlar doni shartnomaviy narxlarda sotiladi.
4. Gʻoʻzaning eng istiqbolli navlari maydonlarini kengaytirganlik uchun ragʻbatlantirish maqsadida paxta xomashyosining 2001-yilda navlarni joylashtirish uchun tasdiqlangan barcha seleksiya navlari 4-ilovaga muvofiq uch guruhga boʻlinishi belgilab qoʻyilsin.
Belgilansinki, paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan xarid narxlariga I guruhga kiritilgan seleksiya navlariga 1,01, II guruhga 1,0 va III guruhga 0,96 miqdorida tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllanadi.
Marketing ishlarini, paxtaning jahon bozorida talab katta boʻlgan istiqbolli navlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun 5-ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi hamda “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi ikki hafta muddatda ushbu qaror bilan belgilangan xarid narxlari darajalarini va hisob-kitob qilish tartibini tasarruflaridagi tarkibiy tuzilmalarga hamda paxta va boshoqli ekinlar doni yetishtiruvchilarga yetkazsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-dekabr,
501-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-sonli qaroriga 1-ILOVA
2001-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlari (RST Oʻz 615-94)
(1 tonnasi uchun soʻmlarda)
Paxta xomashyosi sanoat navlari
Paxta xom ashyosi klassi
Paxta tolalar tipi
uzun tolali navlar
oʻrta tolali navlar
Ia
Ib
I
II
III
IV
V
VI
VII
I
1
158260
148950
139630
125710
111720
97720
93120
88450
79110
2
154260
145200
136090
122490
108920
95260
90740
86220
77120
3
123390
116140
108920
98000
87110
76230
72590
68970
61720
II
1
136830
128790
120690
108650
96590
84520
80510
76420
68390
2
132820
124970
117170
105480
93720
82000
78120
74220
66370
3
122050
114850
107680
96950
86190
75400
71820
68190
61030
III
1
126740
119260
111820
100630
89490
78310
74550
70800
63350
2
112790
106140
99520
89540
79620
69680
66340
63020
56370
3
79860
75120
70460
63400
56340
49290
46970
44620
39910
IV
1
94460
88920
83350
75030
66690
58370
55570
52800
47250
2
73200
68880
64550
58120
51660
45200
43060
40890
36570
3
55860
52600
49310
44420
39450
34520
32890
31250
27950
V
3
39150
36880
34550
31090
27680
24200
23080
21890
19630
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-sonli qaroriga 2-ILOVA
Boshoqli ekinlar doni xarid narxlari
(1 tonnasi uchun soʻmlarda)
Boshoqli ekinlar
Xarid narxi
Qattih bugʻdoy:
1 klass
55220
2 klass
48710
3 klass
44310
4 klass
33660
Yumshoq bugʻdoy:
1 klass
44310
2 klass
39090
3 klass
33660
4 klass
30110
Omuxta yem, texnik va ozuqa mahsadlar uchun yetkazib beriladigan bugʻdoy (kattiq va yumshoq).
27840
Javdar
31980
Soʻli:
litrida kamida 520 gramm natura boʻlgan
41950
eng qimmatli navlar
32980
oddiy navlar
26410
Arpa:
pivobod navlar
41950
qimmatli navlar
32980
oddiy ozuhabop navlar
26410
pestitsidlar qoʻllanmasdan yetishtirilgan va bolalar taomlari va parhez taomlar tayyorlash uchun moʻljallangan sulining cheklangan xarid narxi, bazis normaning 1 tonnasi uchun
47090
Izoh:
1. Ushbu xarid narxlari shirkatlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari, ijarachilar va boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan davlat xaridlari hajmiga sotiladigan, tasdiqlangan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, amaldagi normativ-texnik hujjatlar talablariga javob beradigan boshoqli ekinlar doniga tatbiq etiladi.
2. Boshoqli ekinlar donini tashish va tushirish boʻyicha xarajatlar don xarid qiluvchi tayyorlov tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.
Boshoqli ekinlar doni shirkat, fermer, dehqon xoʻjaligi, ijarachilar va boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining transporti bilan yetkazib berilganda boshoqli ekinlar donini xarid qiluvchi tayyorlov tashkilotlari xoʻjaliklarga donni tashish va tushirish xarajatlarini shartnoma tariflari boʻyicha qoplaydilar. Boshoqli ekinlar donini don xarid qiluvchi tayyorlov tashkilotlarining qoʻshimcha talablariga rioya qilgan holda joʻnatish xarajatlari ushbu tayyorlov tashkilotlari hisobidan toʻlanadi.
Boshoqli ekinlar donini normativ koʻrsatkichlargacha quritish va tozalash xizmatlariga haq don topshiruvchi tomonidan shartnoma tariflari boʻyicha qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
3. Boshoqli ekin donini qabul qilish va tayyorlanadigan don uchun hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan amaldagi yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-sonli qaroriga 3-ILOVA
Paxta xomashyosi uchun uning sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish
TARTIBI
1. Tasdiqlangan narxlar qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer, dehqon xoʻjaliklari, ijarachilar va boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotiladigan RST Oʻz 615-94 talablariga javob beradigan paxta xomashyosiga joriy etiladi.
2. Paxta xomashyosini xarid qiladigan tayyorlovchi tashkilotlar uni tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlarni toʻlaydilar.
Paxta xomashyosi shirkat, fermer, dehqon xoʻjaligi, ijarachilar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, kooperativ korxonalar va tashkilotlar transporti bilan yetkazib berilganda paxta xomashyosini xarid qiladigan tayyorlovchi tashkilotlar xoʻjaliklarning uni tashish va tushirish xarajatlarini shartnoma tariflari boʻyicha toʻlaydilar. Paxta xomashyosini xarid qiladigan tayyorlovchi tashkilotlarning qoʻshimcha talablariga rioya qilgan holda paxta xomashyosini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar mazkur tayyorlovchi tashkilotlar hisobidan toʻlanadi.
Paxta xomashyosini normativ koʻrsatkichlargacha yetkazib quritish va tozalash xizmatlariga haq paxta topshiruvchi tomonidan shartnoma tariflari boʻyicha qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
3. I, II, III va IV navlarning 1 va 2-klass paxta xomashyosining haqiqiy namligi RST Oʻz-615-94 3-jadvalida belgilangan normadan yuqori, lekin 3-klass normalaridan yuqori boʻlmaganda, bu paxta xomashyosi uchun tegishli tip, nav, klassdagi paxta xomashyosining xarid narxidan normadan ortiq har bir foiz uchun 0,5 foiz miqdorida chegirma bilan haq toʻlanadi.
Ifloslanganlik yoki namlik I, II, III va IV navlar boʻyicha 3-klass uchun belgilangan normalardan oshib ketganda paxta xomashyosi topshiruvchiga qaytariladi yoki bu paxta xomashyosi uchun bir nav past paxta xomashyosining xarid narxi boʻyicha haq toʻlanadi.
Ifloslanganligi yoki namligi 22 foiz normadan yuqori boʻlgan V nav paxta xomashyosini qabul qilib olishda tegishli tipning xarid narxidan normadan ortiq ifloslanganlik yoki namlikning har bir foizi uchun 0,5 foiz miqdorida chegirib qolinadi.
Namlik va ifloslanganlik normativdan ortiq boʻlganda ayni bir vaqtda narxdan umumlashtirilgan holda chegirib qolinadi.
4. I va II nav paxta xomashyosining solishtirma uzilish quvvati belgilangan (RST Oʻz 615-94 1-jadvalidagi) normalardan past boʻlganda tegishli tip, nav, klass paxta xomashyosi xarid narxidan chegirib qolinadi, solishtirma uzilish quvvati bazaviy normadan ortiq boʻlganda esa I nav uchun xarid narxiga har bir gs/teks. uchun 0,5 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.
Hisob-kitoblar paxta xomashyosi qayta ishlangandan soʻng amalga oshiriladi.
5. Paxta xomashyosi “asal shudring” kasalligi bilan har qanday darajada yoki bakterial-zamburugʻ bilan past darajada kasallangan boʻlsa uning narxidan 3,5 foiz miqdorida chegirgan holda haq toʻlanadi.
Bakterial-zamburugʻ bilan oʻrtacha darajada kasallangan paxta xomashyosi pasaytirilgan navga oʻtkaziladi va unga pasaytirilgan navning xarid narxi boʻyicha haq toʻlanadi.
Paxta xomashyosi bakterial-zamburugʻ bilan kuchli darajada kasallangan boʻlsa unga shartnomaviy narx boʻyicha haq toʻlanadi.
6. “Mikroneyr” koʻrsatkichi belgilangan normalardan yuqori yoki past (3,5 dan 4,9 gacha) boʻlgan I-II nav paxta xomashyosining xarid narxidan quyidagi shkalaga muvofiq chegirib qolinadi:
Mikroneyr koʻrsatkichi cheklagan koʻrsatkichdan quyidagicha past boʻlganda
Narxlardan chegirish, foiz
Mikroneyr koʻrsatkichi cheklangan koʻrsatkichdan quyidagicha yuqori boʻlganda
Narxlardan chegirish, foiz
0,1
2
0,1
2
0,2
4
0,2
4
0,3
8
0,3
8
0,4
12
0,4
12
0,5
16
0,5
16
“Mikroneyr” koʻrsatkichi 0,5 punktdan oshib ketganda I nav paxta xomashyosi uchun III nav narxi boʻyicha, II nav paxta xomashyosi uchun — IV nav narxi boʻyicha haq toʻlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan chegirishlar paxta xomashyosini qayta ishlashning haqiqiy natijalari boʻyicha uzil-kesil hisob-kitoblar vaqtida amalga oshiriladi.
7. Urugʻlik chigit yetishtiruvchi ilmiy muassasalar va xoʻjaliklarga urugʻlikning unuvchanligi 1 klassga muvofiq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-noyabrdagi 491-son qaroriga muvofiq xarid narxiga quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi:
Elita chigit uchun
100%
1-
reproduksiyali chigit uchun (R1)
75%
2-
reproduksiyali chigit uchun (R2)
50%
3-
reproduksiyali chigit uchun (R3)
25%
Urugʻlik chigitlar unuvchanligi boʻyicha ikkinchi klassga mansub boʻlganda ustama haq tegishli ravishda ikki baravar kamayadi.
Ustama haq toʻlash uchun urugʻlik chigit yetishtiruvchi xoʻjaliklar va paxta zavodlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining taqdimnomasiga koʻra har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-sonli qaroriga 4-ILOVA
Paxta xomashyosi asosiy seleksiya navlarining istiqbolligi boʻyicha guruhlanishi
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-sonli qaroriga 5-ILOVA
Marketingni tashkil etish, jahon paxta navlari bozorida talab katta boʻlgan istiqbolli navlarni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir takliflar ishlab chiqish masalalari boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash