Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi eng muhim industrial-metallurgiya markazlaridan biri Bekobod shahrining 50 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil avgust oyining uchinchi oʻn kunligida Bekobod shahrining 50 yilligi bayram qilishga tantanali tadbirlar oʻtkazilsin.
2. Toshkent viloyati hokimligi:
Bekobod shahrini 1995-1996-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirishga oid tadbirlar majmuini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin hamda amalga oshirsin.
Obyektlar qurilishi va obodonlashtirish ishlari Toshkent viloyati, Bekobod shahrining mahalliy budjeti va korxonalar, tashkilotlar hamda xomiylarning ulushlari hisobiga amalga oshirilsin.
Bekobod shahrining alohida oʻrnak koʻrsatgan ilgʻorlari, ishlab chiqarish novatorlarini mukofotlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududiy-tashkiliy boʻlimiga yuklansin.