Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1985-yil 11-dekabrdagi 614-son qarori bilan Toshkent viloyatidagi Burchmulla oʻrmon xoʻjaligidan chorva mollari boqish uchun 10 yil muddatga ajratib berilgan yerdan Fargʻona viloyati foydalanmayotganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyatining Burchmulla oʻrmon xoʻjaligidan Fargʻona viloyatiga ajratib berilgan 29010 gektar yaylov yer foydalanilmayotganligi sababli viloyatlarning roziligiga va Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga binoan Toshkent viloyatiga qaytarilsin.
2. Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklariga yer hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar kengashining 1985-yil 11-dekabrdagi 614-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.