Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Fargʻona viloyati tomonidan koʻp yillardan beri Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Oqtau” massivida 48 ming gektar yaylovdan foydalanib kelinganligi hamda Fargʻona va Namangan viloyatlarida yaylov yerlar tanqisligini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyati Pop tumanining “Oqtau” massividagi yaylov yerlardan 25.0 ming gektari Fargʻona viloyatiga 25 yil muddatga foydalanish uchun qoldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga Fargʻona viloyatining chorva mollarini olib oʻtish joylarini belgilash yuklansin.