1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASIGA RESPUBLIKA IQTISODIYOTINI BARQARORLAShTIRISh YuZASIDAN QOʻShIMChA VAKOLATLAR BERISh TOʻGʻRISIDA
Qirgʻiziston Respublikasi Oliy Kengashi milliy valyuta joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank, viloyatlarning hokimlari va Toshkent shahri hokimi, tegishli vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda respublikada pul muomalasi ustidan nazorat qilish, aholi va isteʼmol bozorini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, tovarlarni kuponlar, cheklar va chekdaftarchalari boʻyicha sotishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya etish, tovar moddiy boyliklarni Oʻzbekistondan tashqariga gʻayriqonuniy ravishda olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan jadal chora-tadbirlar koʻrsin.
Boshqa shu kabi vaziyatlar yuzaga kelgudek boʻlsa, shuningdek Rossiya koʻradigan choralar Oʻzbekistonga ziyon yetkazsa respublika oʻz milliy valyutasiga oʻtishi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
883-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 267-modda)