Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Boshqaruv tuzilishini takomillashtirish maqsadida va SSJI Vazirlar Mahkamasining “SSJI vazirliklari va davlat boshqaruvining boshqa markaziy organlari roʻyxati toʻgʻrisida” 1991-yil 13-apreldagi 176-son qarorining 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Matbuotda davlat sirlarini saqlash bosh boshqarmasini tugatish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Matbuotda davlat sirlarini saqlash vazifalari, xodimlar soni, ish haqi jamgʻarmasi va yengil avtotransportni saqlash limitlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot qoʻmitasiga berilsin.
2. Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot qoʻmitasiga:
markaziy apparat huzurida bevosita Qoʻmita raisiga boʻysunuvchi matbuotda davlat sirlarini saqlash inspeksiyasini tuzish;
bir oy muddat ichida markaziy apparatning shtat jadvalini, tarmoq tuzilishini, shuningdek tasarrufidagi boʻlinmalarning nizomlari va ustavlarini ishlab chiqish va ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish topshirilsin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi matbuotda davlat sirlarini saqlash boshqarmasining sxemasini tasdiqlash haqida” 1988-yil 12-avgustdagi 281-son qarori;
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Matbuotda davlat sirlarini saqlash bosh boshqarmasi faoliyatida xoʻjalik hisobi prinsiplaridan foydalanish haqida” 1989-yil 6-apreldagi 140-son qarori.