Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining VA OʻZBEKISTON SSJ KASABA UYuShMALARI FEDERATSIYASI KENGAShINING
Jumhuriyatda dekret vaqti bekor qilinib, mintaqa vaqti joriy etilganligi munosabati bilan, aholining, mehnat jamoalarining istaklarini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston SSJ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:
1. Jumhuriyat vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va muassasalari apparati xodimlari uchun 1991-yil 8-apreldan eʼtiboran ishni ertalab soat 9 da boshlash grafigi belgilansin.
2. Ishlab chiqarish va mehnatkashlar manfaatlarini hisobga olib, Oʻzbekiston SSJ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda korxonalar uchun ish boshlashning qulay grafigini joriy qilish tavsiya etilsin.
3. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar bir hafta muddat ichida transport, aloqa xizmati, maishiy xizmat koʻrsatish sohasi, umumiy ovqatlanish korxonalarida ish boshlash grafigini mintaqa vaqtiga muvofiqlashtirsinlar.