Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
SSJI Prezidentining “Chakana narxlar oshganligi munosabati bilan aholi koʻrgan zararning oʻrnini qoplashga oid qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida” 1991-yil 13-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlari haqida” 1991-yil 25-martdagi 65-son
qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1)
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar assortimentidagi mollar va maktab kiyim-kechaklari narxlarining oshganligi munosabati bilan bolali va oʻquvchi yoshlari boʻlgan oilalarga bir yil hisobiga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya toʻlovlari joriy etilsin:
a) 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 400 soʻm;
b) 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 440 soʻm;
v) 13 yoshdan katta boʻlgan kunduzgi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun — 530 soʻm;
g) Hukumat qaroriga binoan kiyim-kechak va ovqat bilan taʼminlanmagan hunar-texnika bilim yurtlarining oʻquvchilari uchun — 530 soʻm;
d) 13 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun:
texnikum va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun stipendiya bilan birga — 280 soʻm;
ishlayotgan, mehnat daftarchalari boʻlgan yoshlar uchun ish haqi bilan birga — 280 soʻm;
nogironlik boʻyicha pensiya yoki nafaqa olayotgan yoshlar uchun, turar joylaridagi tegishli organlar orqali — 280 soʻm.
Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar yilning har choragida teng miqdorda berib borilsin”.
2) 14-banddagi “v” kichik bandning
oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bolalar va maktab assortimenti buyumlarining ancha qimmatlashganligi munosabati bilan bolali va oʻquvchi yoshlari boʻlgan oilalarga toʻlovlar”.
II. Mazkur qarorda koʻzda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarining yangi miqdorlari va boshqa oʻzgartishlar 1991-yilning ikkinchi yarmidan boshlab kuchga kiritiladi.