Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Jumhuriyat aholisining milliy xususiyatlari va anʼanalari munosabati bilan kelin va kuyovlarni chakana narxlar keskin oshgan sharoitda ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 27-noyabrdagi 370-son qarori 4-punktining birinchi abzatsi qisman oʻzgartirilib, 1991-yil 3-apreldan boshlab kelin va kuyovlarga bitta gilam yoki gilam poyondoz, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bitta mebel yigʻmasi yoki mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yigʻmaga va garnituraga kirmaydigan boshqa mebel buyumlarni shartnoma (erkin) narxlarning, boshqariladigan yoki belgilab qoʻyilgan narxlarning 75 foizini, lekin har bir oilaga koʻpi bilan 1500 soʻm chegirib sotish joriy etilsin.