Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Toshkent shahridagi xalq xoʻjaligi tarmoqlari obyektlarini, maʼmuriy, uy-joy va boshqa binolarni yongʻindan saqlashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari xodimlarining umumiy soni Toshkent shahrining harbiylashtirilgan yongʻindan saqlash xizmatiga qoʻshimcha ravishda 70 nafar xodim qoʻshgan holda koʻpaytirilsin.
Qoʻshimcha ravishda qoʻshilgan xodimlarning joriy yildagi taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 1994-yil uchun nazarda tutilgan umumiy mablagʻlar hisobiga amalga oshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi harbiylashtirilgan yongʻindan saqlash xizmatini qoʻshimcha ravishda mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik organlari bilan birgalikda ularga qarashli obyektlar va hududlarni yongʻindan saqlash yuzasidan shartnomalar tuzish boʻyicha ishlarni kuchaytirsinlar.