Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Boshoqli don ekinlari yetishtirishda jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, ijara, fermerlik va boshqa xoʻjaliklarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga respublika xoʻjaliklaridan boshoqli donning belgilangan davlat buyurtmasi hajmlaridan ortiqchasini (ularni xarid qilish hajmlaridan 75 foizidan ortigʻini) erkin shartnoma narxlarida xarid qilishga ruxsat etilsin.
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi shartnomalar tuzishni 10 kun muddatda yakunlasin, keyinchalik esa xoʻjaliklardan donni shartnoma narxlariga muvofiq xarid qilishni taʼminlasin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish I.X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.