Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi
Farmoniga muvofiq hamda ish haqi va pensiyalarning milliy valyutada oldindan toʻlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolati bilan ikki oy muddatga 304,2 mlrd soʻm-kupon miqdorida foizsiz kredit;
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank”ka qishloq xoʻjaligi korxonalarida ishlayotganlarning mehnatiga haq toʻlash uchun 1994-yil 1-dekabrdan boshlab qaytarish muddati bilan 220 mlrd soʻm-kupon miqdorida imtiyozli (50 foizlik yillik foydasi bilan) kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin.
2. “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” ajratilgan kredit resurslarining ikki tomonlama garov shartnomalari asosida qatʼiy maqsadlar uchun berilishini taʼminlasin.