toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslarni Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlar saflaridan zaxiraga bo‘shatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” va “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1 . Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qo‘shinlari saflaridan zaxiraga bo‘shatilsin.
2. 1967 — 1975-yillarda tug‘ilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1994-yilning may-iyun oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-aprel,
220-son