Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Chetdan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son
Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chetdan olib kirishda 2018-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyxati ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chetdan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 8-maydagi 94-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.