Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzdonmahsulot”, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” tizimlari korxonalari va tashkilotlarining normal ishlashlari, ular moddiy-texnika va xom ashyo resurslarini yetkazib beruvchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarar qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2 yil muddatga yiliga 5 foiz ushlab qolish sharti bilan Moliya vazirligiga aylanma mablagʻlarni koʻpaytirish uchun 95,8 mlrd soʻm miqdorida maqsadli kredit resurslarini berish tavsiya qilinsin.
Moliya vazirligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shartlarda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat konserniga –– 37,4 mlrd soʻm, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmasiga –– 48,0 mlrd soʻm va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserniga –– 10,4 mlrd, soʻm kredit resurslarini bersin.
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat konserni, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni moddiy boyliklar uchun yetkazib beruvchilar bilan oʻz vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishni taminlasinlar, tasarruflaridagi korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrsinlar.