1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglevodorod xomashyosining qidirib topiladigan zaxira hajmlarini koʻpaytirish va respublika iqtisodiyotining neft-gaz tarmogʻiga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
1. Belgilab qoʻyilsinki, Ustyurt va respublikaning neft va gazga boy boshqa istiqbolli mintaqalarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal olib borish, shu maqsadda bevosita xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etish Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmogʻini rivojlantirishda gʻoyat muhim ustuvor yoʻnalish hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
2. Shu narsa belgilansinki, Ustyurt mintaqasida yangi ochilgan neft va gaz konlari mazkur konlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalarga konsessiya asosida 25 yilga qadar muddatga ishlatishga (ishlatish muddatini uzaytirish huquqi bilan) berilishi mumkin.
3. Neft va gaz konlarini qidirish hamda razvedka qilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy kompaniyalarga quyidagilarni taʼminlaydigan eng koʻp qulaylik rejimi yaratib berilsin:
muayyan hududda qidiruv va razvedka ishlarini oʻtkazib, keyinchalik mazkur hududda aniqlangan konlardan istalgan birini qoʻshma korxona barpo etish yoʻli bilan yoki konsessiya asosida ishlatishga boʻlgan tanho huquqni;
mazkur ishlarni oʻtkazishga shartnomada koʻrsatilgan hududlarda sanoat qimmatiga ega boʻlgan resurslar topilmagan hollarda qidiruv va razvedka ishlarini davom ettirish uchun yangi hudud berilishiga ustun huquqni;
qoʻshma korxonaning taʼsis hujjatlarida yoki konsessiya shartnomasida koʻzda tutilgan qazib olingan uglevodorodlarning bir qismini, shuningdek ularni tolling asosida qayta ishlash mahsulotlarini mulkka egalik huquqi hamda monesiz olib chiqib ketish huquqini;
sanoat qimmatiga ega boʻlgan konlarni keyinchalik “Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatiga ishlatish uchun topshiriladigan hollarda ana shu konlarni ochish chogʻida qidiruv va razvedka ishlariga amalda sarflangan xarajatlarni qoplash kafolatini.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni toʻlashdan ozod qilinsin:
geologiya-razvedka ishlarini oʻtkazish davrida maqsadli davlat jamgʻarmalariga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chogʻida bojxona toʻlovlarini (bojxonada rasmiylashtiriladigan ishlar uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari).
5. Belgilansinki, neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini olib borayotgan xorijiy kompaniyalarga materiallar yetkazib berish, ishlar va xizmatlarni bajarish bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining rezident korxonalari va tashkilotlari qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladilar.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
6. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
xorijiy kompaniyalar koʻrsatilgan hududlarda tanho huquq asosida olib boradigan qidiruv va razvedka ishlarining davom etish umumiy muddati 5 yildan oshishi mumkin emas;
geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun qiziqish uygʻotuvchi maydonlar aniqlangan hollarda xorijiy kompaniyalarga yana 3 yilgacha muddat bilan ana shu maydonlar doirasida ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi;
xorijiy kompaniyalar yer qaʼridan moʻljallangan aniq maqsadga muvofiq foydalanishni, geologik jihatdan oʻrganish toʻla-toʻkis boʻlishini, yer qaʼridan oqilona kompleks foydalanish hamda uning muhofaza etilishini taʼminlaydilar.
7. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qoʻshma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
8. Vazirlar Mahkamasiga ayrim hollarda quyidagilarga ruxsat berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasida neft va gaz konlarini qidirish, razvedka qilish hamda qazib chiqarish bilan shugʻullanuvchi xorijiy kompaniyalarga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish;
tanlov va auksionlarni oʻtkazmagan holda vakil organ bilan strategik sarmoyador oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish asosida konsessiyalar berish.
9. “Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft-gaz faoliyatini (neft va gazni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarishni) tartibga soluvchi vakil organ hamda neft-gaz tarmogʻida konsessiya munosabatini davlat yoʻli bilan boshqarish vazifalari yuklanib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan quyidagi huquq berilsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
neft-gaz faoliyatini yuritishga shartnomalar tuzish, ularning amalga oshirilishini hamda qonunchilik va shartnomalarda belgilangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
(9-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PF-3884-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 233-modda)
10. “Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatiga neft va gaz konlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni, shu jumladan ularning qayerda joylashgani, zaxiralari, qazib chiqarish hajmlari, ishlatilayotgan, kapital taʼmirlanayotgan va konservatsiya qilingan quduqlarning soni haqidagi axborotni maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimlar asosida xalqaro konsultantlarga va xorijiy sarmoyadorlarga topshirish huquqi berilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
11. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2000—2005-yillarga moʻljallangan geologiya-razvedka ishlari dasturini koʻrib chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
12. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekistonning neft-gaz tarmogʻini rivojlantirish istiqbollari ommaviy axborot, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmon ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 28-aprel,
PF-2598-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 123-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 233-modda; 2009-y., 8-son, 76-modda, 25-son, 282-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)