toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslari birlashgan direksiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
“Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslari faoliyatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-dekabrdagi 462-son qarorining 1-bandi qisman oʻzgartirilgan holda “Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasi “Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslarining birlashgan direksiyasiga aylantirilsin.
2. Belgilansinki, 2000-yil 1-yanvardan eʼtiboran “Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslarining birlashgan direksiyasini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari hamda xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun 2000-yil 1-yanvardan boshlab tegishli mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini “Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslarining birlashgan direksiyasiga qoʻllash xususiyatlarini belgilasin;
“Doʻrmon – Qaynarsoy” komplekslarining birlashgan direksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 1-dekabr,
516-son