toggle_night_mode
Oʻzbeksiton Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda):
1) 17-moddasining nomi va matnidagi “xoʻjalik faoliyati”, “xoʻjalik faoliyatidan” degan soʻzlar “boshqa tadbirkorlik faoliyati”, “boshqa tadbirkorlik faoliyatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasidagi “mol-mulkka egalik” degan soʻzlar “mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk obyektlariga egalik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
( IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-son Qonuniga asosan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 5-apreldagi 359-II-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 268-II-son Qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 179-modda)
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda):
1) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “hududni tuzish” degan soʻzlar “hududdan foydalanishni tashkil etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddasining ikkinchi qismi “b” bandidagi “avariya holatlarida” degan soʻzlar “favqulodda holatlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro va shaharlararo telefon va telegraf orqali aloqa bogʻlash imkoniyati favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganda hamda yordam koʻrsatilayotganda birinchi galda beriladi”;
4) 14-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan yoki havo kemalari parvozi xavfsizligiga xavf tugʻilishiga olib kelgan xatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan koʻrsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni oʻz hisoblaridan va oʻz kuchlari bilan toʻxtatishlari lozim”;
5) 17-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat
Elektr uzatish obyektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorugʻlik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) koʻplab toʻplanishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida koʻrishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab boʻluvchi obyektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qoʻnish zonalariga baland oʻsadigan daraxtlarning koʻchatlarini oʻtqazish; shuningdek samoda moddiy obyektlar harakati bilan bevosita aloqasi boʻlmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatlar jumlasiga kiradi”;
6) 23-moddasining uchinchi qismidagi “harbiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
7) 24-moddasi birinchi qismining “v” bandidagi “maqsadlarida foydalaniladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin va qism quyidagi mazmundagi “g” bandi bilan toʻldirilsin:
“g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar koʻrganlarga yordam koʻrsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi”;
8) 25-moddasining birinchi qismidagi “davlat mulki yoki boshqa” degan soʻzlar “ommaviy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi qism quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:
“Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan uchastka parvozlar xavfsizligini taʼminlovchi yon-atrof hamda chekka zonalar va shu zonalarda joylashgan, havo kemalarining uchishi, qoʻnishi, burilishi, toʻxtab turishi va ularga xizmat koʻrsatilishi uchun moʻljallangan zarur bino, inshootlar va anjomlar bilan birga aerodrom deb eʼtirof etiladi.
Aerodromlar oʻzining vazifasiga qarab bazaviy, muvaqqat va zaxiradagi aerodromlarga boʻlinadi.
Aerodromlar aviatsiya turiga mansubligiga koʻra fuqaro aviatsiyasi aerodromlari, davlat aviatsiyasi aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari hamda hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga boʻlinadi”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
birinchi qismdagi “Aerodrom ekspluatantiga aerodrom foydalanishga yaroqliligi haqida sertifikat beriladi” degan soʻzlar “Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga moʻljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aerodromlarni va ularning asbob-uskunalarini sertifikatlash tartibi:
fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan;
davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
11) 32-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32-modda. Hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromi
Fuqaro aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiyaning havo kemalari joylashish huquqisiz parvozlarni amalga oshiradigan davlat aviatsiyasi aerodromi hamkorlikda foydalanish aerodromi deb eʼtirof etiladi.
Turli idoralar tasarrufida boʻlgan havo kemalari joylashadigan fuqaro aviatsiyasi davlat aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiya aerodromi hamkorlikda joylashish aerodromi deb eʼtirof etiladi.
Aerodromlardan samoviy hududdan foydalanuvchilarning turli toifalari hamkorlikda foydalanishi (joylashishi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi”;
12) 44-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspluatant guvohnomasi uning amal qilish muddati tugamaguncha yoki u belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilmaguncha yoki olib qoʻyilmaguncha oʻz kuchini saqlab qoladi. Guvohnomani boshqa shaxsga berish mumkin emas”;
13) 48-moddasining birinchi qismidagi “e” va “j” bandlari chiqarib tashlansin;
14) 49-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarini sertifikatlash tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi”;
15) 51-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati bilan kelishuvga koʻra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi”;
16) 54-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi xalqaro standartlarning talablariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan samoviy hududlarga boʻlinadi”;
17) 55-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55-modda. Havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish xalqaro standartlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi va xizmat koʻrsatish amalga oshirilayotgan samoviy hudud tasnifiga bogʻliq boʻladi”;
ikkinchi qism quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatadi, davlat aviatsiyasi uchun meteorologik axborot beradi, xalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini koʻzlab meteorologik taʼminlashni tashkil etadi.
Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatish samoviy hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasdiqlaydigan meteorologik taʼminlash qoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat aviatsiyasini meteorologik axborot bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya axboroti bilan taʼminlash tartibi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi”;
uchinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin;
19) 59-moddasidagi “Aloqa vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 66-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat qilinmaydigan samoviy hududda boʻlgan havo kemalarining ekipajlari bir-birlariga axborot berib turishlari favqulodda vaziyatlarda esa — havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha eng yaqin organlarga avariya kanallari orqali axborot berishlari lozim”;
21) 81-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 86-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Halokat yoki baxtsiz hodisa davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daxldor boʻlgan taqdirda tekshirish Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa daxldor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan qoʻshma komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi”;
23) 94-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismi quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:
“Aeroportlar va havo transportida tashuvchilar tomonidan bajariladigan yoʻlovchilar, qoʻl yuki va yukni belgilangan manzilga yetkazishni bevosita amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va operatsiyalar majmui havo transportida tashish deb hisoblanadi.
Havo kemasining joʻnash, qoʻnish manzili va nazarda tutilgan barcha oraliq qoʻnish manzillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan parvozi chogʻida bajarilgan tashish ishlari havo transportida ichki tashish deb hisoblanadi.
Havo kemasining parvoz davomida yangi yuk olgan-olmaganidan yoki parvozda tanaffus boʻlgan-boʻlmaganidan qatʼi nazar, joʻnash va qoʻnish manzillari:
a) ikki davlat hududida:
b) agar boshqa davlat hududida oraliq qoʻnish manzili (manzillari) nazarda tutilgan boʻlsa, bir davlat hududida bajariladigan parvozlari chogʻidagi tashish ishlari havo transportida xalqaro tashish deb hisoblanadi.
Aviatsiyada yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyasi boʻlgan havo kemasining ekspluatanti tashuvchi deb eʼtirof etiladi.
Havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim boʻlgan shaxs yoʻlovchi deb hisoblanadi.
Qoʻl yuki — yoʻlovchining tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashilayotgan shaxsiy ashyolari.
Yuk — havo kemasida tashilayotgan yoki tashish uchun qabul qilingan (pochta va xalqaro pochta bitimlarining shartlariga koʻra tashiladigan boshqa mol-mulk, tashuvchining qoʻl yuki yoki mol-mulkidan tashqari) har qanday mol-mulk, shuningdek yuk xati boʻyicha tashiladigan qoʻl yuki”;
toʻrtinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;
24) 95-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chipta va qoʻl yuki pattasi, normativdagidan ortiqcha qoʻl yuki haqini toʻlash pattasi, pochta yoxud yuk xati yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlari hisoblanadi”;
uchinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin:
26) 113-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro tashishlarda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli chet davlat qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi”:
27) 122-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻlovchi, qoʻl yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno”;
28) 123-modda birinchi qismining “e” bandi “yoʻlovchi” degan soʻzdan keyin “yukni oluvchi, yukni joʻnatuvchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
X va XI boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XII-band Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son Qonuniga asosan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 158-modda)
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6. 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda):
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan uchtasini sodir etish, xuddi shuningdek toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga xalaqit berish yoxud avariya holati yuzaga kelishiga olib borgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizliklari yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etish —
eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan toʻrtasini va undan koʻprogʻini sodir etish —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
2) 130-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
birinchi qism sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
ikkinchi va uchinchi qism tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qism sanksiyasidagi “besh baravari” degan soʻzlar “yetti baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qism sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik transport vositasini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 245-moddasidagi “129-moddaning ikkinchi qismi, 131-moddaning birinchi va uchinchi qismlari, 132, 133, 134, 137-moddalari” degan soʻzlar “128-moddasining toʻrtinchi qismi, 129-moddasining ikkinchi qismi, 130-moddasining ikkinchi qismi, 131-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlari, 132, 133, 134-moddalari, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 137-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 248-moddasi ikkinchi qismining:
5-bandidagi “128-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasida, 131-moddasining ikkinchi qismida, 135, 136” degan soʻzlar “128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 131-moddasining uchinchi qismida, 135-moddasida, 136-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “128-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasida” degan soʻzlar “128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7) 263-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“263-modda. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining davlat inspeksiya organlari
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimining davlat aloqa inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 152, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Davlat aloqa inspeksiyasining boshligʻi, shuningdek Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlarining davlat aloqa inspeksiyalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar”.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 28-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
1) matnidagi “ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” va “yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar tegishincha “ochiq aksiyadorlik jamiyati” va “yopiq aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori boʻlishi lozim”;
3) 6-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”;
4) 7-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Aksiyalari faqat oʻz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”;
moddaning nomidagi hamda birinchi qismdagi “jamiyatlar” va “jamiyatlarga” degan soʻzlar tegishincha “xoʻjalik jamiyatlari” va “xoʻjalik jamiyatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismdagi “shuʼba jamiyat”, “shuʼba jamiyatning”, “shuʼba jamiyatga” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “shuʼba xoʻjalik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi qismdagi “tobe jamiyat” va “tobe jamiyatlar” degan soʻzlar tegishincha “tobe xoʻjalik jamiyati” va “tobe xoʻjalik jamiyatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 59-moddasi chiqarib tashlansin;
7) 94-moddasining birinchi qismidagi “kuzatuv Kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8) 101-moddasining uchinchi qismidagi “va tugatish” degan soʻzlar “va roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda tugatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
549-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2001-y., 9-10-son, 179-modda; 2001-y., 9-10-son, 171-modda; 2002-y., 4-5-son, 69-modda; 2002-y., 9-son, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda: Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)