1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 9-son, 50-modda) 1-ilova 64-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maktabning trener-oʻqituvchilar tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya maʼlumotiga hamda sport boʻyicha trenerlar yoki trener-oʻqituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan mutaxassislardan butlanadi. Bunda jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlish nazarda tutilmagan sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq, oliy yoki oʻrta maxsus, maʼlumotga hamda sport boʻyicha trenerlar yoki trener-oʻqituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslardan butlanishi mumkin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-dekabr,
324-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 651-modda)