1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan, psixiatriya xizmati muassasalarining tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash, shuningdek tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-dekabr,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-dekabrdagi 325-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 24-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“bemorlarga ularning uyida xizmat koʻrsatadigan psixonevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser boʻlimlarining) psixiatr vrachlariga va oʻrta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun — tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 30 foiz”.
2. 2-ilovaning 3.13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.13. Tez tibbiy yordam stansiyalari (boʻlimlari).
Ruhiy kasallangan bemorlarga va ularni avtomobilda shifoxonaga olib borishda tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan brigadalarning vrachlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari.
Ruhiy kasallangan bemorlarga va ularni avtomobilda shifoxonaga olib borishda tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan brigadalar avtomobillarining haydovchilari”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 652-modda)