1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON SSR DAVLAT MEHNAT VA IJTIMOIY MASALALAR QOʻMITASINI OʻZBEKISTON SSR MEHNAT VAZIRLIGIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Respublikaning nufus xususiyatlariga aloqador muammolarni hal etishga, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga, aholini koʻproq ish bilan band qilish va ijtimoiy jihatdan himoyalashga nihoyatda muhim ahamiyat berib:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston SSR Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Oʻzbekiston SSR Mehnat vazirligiga aylantirilsin, uning zimmasiga respublika hududida yuqorida koʻrsatilgan faoliyat bilan bogʻliq masalalarni roʻyobga chiqarish vazifasi yuklatilsin.
2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti (oʻrtoq B.S.Hamidov) bir oylik muddatda mazkur vazirlikning tuzilishi toʻgʻrisidagi nizom va taklifni tayyorlasin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-may,
PF-201-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 127-modda)