Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Muborak Ramazon hayiti azaldan yurtimizda shodu xurramlik, mehr-muruvvat kunlari boʻlib kelayotganligini, ushbu ayyomda keksalarga alohida hurmat-ehtirom, kam taʼminlangan oilalar, yetimlar, nogironlarga gʻamxoʻrlik va yordam koʻrsatish xayrli anʼana ekanligini, bu sananing xalqimiz maʼnaviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Roʻza hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-martdagi PF-368-son
Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 14-noyabrga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining qarori eʼtirof etilsin hamda ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.