1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALARI BOʻLGAN KORXONALAR IShLAB ChIQARADIGAN MAHSULOT EKSPORTINI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalarning valyuta bilan oʻzini oʻzi qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. 1997-yilning 1-sentabridan boshlab oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi xorijiy sarmoyalari boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi qoʻshimcha imtiyozlar va afzalliklar belgilansin:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj toʻlovlari bekor qilinsin;
xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud boʻlgan hamda amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda oʻz mahsulotini oldindan haq toʻlamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;
chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin;
oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport kontraktlarini (litsenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida hisobga olishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin;
korxonalar oʻzi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qoʻyilsin. Eksport ichki bozordagi narxlardan pastroq narxlarda amalga oshirilgan taqdirda ular uchun soliqqa tortiladigan baza eksport mahsulotini sotishning amaldagi narxidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.
2. 1997-yilning 1-sentabridan boshlab ilovada koʻrsatilgan hamda xorijiy sarmoyalari boʻlgan ishlab chiqarish korxonalarining rasmiy dilerlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslar respublikadan tashqariga olib chiqib ketadigan tovarlarga aksiz soligʻi joriy etilsin.
Tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib chiqib ketiladigan tovarlarga aksiz soligʻining stavkasi tovarlar xarid qiymatining 50 foizi miqdorida belgilansin.
Ushbu aksiz soligʻi oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalarga joriy qilinmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, amaldagi qonunlarni buzuvchilarga nisbatan maʼmuriy, shu jumladan jinoiy javobgarlik kabi qatʼiy choralarni qoʻllasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-avgust,
PF-1831-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmoniga ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketilganda aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 8-son, 204-modda; 2001-y.,5-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)