Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportchilarni taqdirlash toʻgʻrisida” 1992-yil 28-avgustdagi
PF-465-son va 1994-yil 12-apreldagi
PF-821-son farmonlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda koʻrsatgan xizmatlari va 2003-yilgi jahon chempionatida samarali ishtirok etganligi uchun quyidagi gʻolib va sovrindor sportchilar:
Oksana Chusovitina sport gimnastika boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Dilshod Mansurov erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Artur Taymazov erkin kurashi boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Sergey Lagutin velosport boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Abdullo Tangriyev dzyudo boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni olganligi uchun 3000 AQSh dollari;
Anton Ryaxov baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni olganligi uchun 3000 AQSh dollari miqdorida mukofotlansinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida nomlari koʻrsatilgan sportchilarni taqdirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasiga davlat budjetidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki taqdirlanadigan sportchilarga belgilangan tartibda valyuta ayirboshlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki belgilangan tartibda moliyalashtirishni taʼminlasin.