1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.04.00 Import (olib kirish) vaqtida aksizning qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.04.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TAMAKI MAHSULOTLARI VA ALKOGOLLI ICHIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARI QOʻLLANISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari olib kelish hamda sotishni tartibga solish, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
1. 1997-yilning 1-iyulidan boshlab aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni:
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga (xalqaro tranzitdan tashqari);
“vaqtincha olib kirish” rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga;
jismoniy shaxslar tomonidan (qaytadan joʻnatish ham shu jumlaga kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlansin. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan normalar doirasida aksizsiz olib kirish bundan mustasno.
Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yilning 1-iyulidan boshlab importyorlar tomonidan aksiz markalarini respublikadan tashqariga olib chiqib ketish yuk boʻyicha oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan bojxona deklaratsiyasi mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 25-moddasi birinchi qismi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasiga, aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash chogʻida, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasiga — ularni saqlash, sotish hamda yashirincha ishlab chiqarish chogʻida shunday mahsulotlar va ichimliklarni musodara etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli Farmoni tahririda)
Koʻrsatib oʻtilgan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari belgilab qoʻyilsin.
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni hisobga olish, baholash va sotish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-oktabrdagi PF-3335-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 177-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
4. Davlat soliq qoʻmitasi yigirma kun muddatda:
Adliya vazirligi bilan kelishgan holda aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish hamda sotish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birga xalqaro tranzit tartibida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tashib oʻtiladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlardan olinadigan boj haqi va aksiz soligʻini bojxona organlarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib, ushbu summani tovar respublika hududidan olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib berish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflar kiritilsin.
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 12-iyun,
PF-1789-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 177-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 177-modda; 2008-y., 6-7-son, 25-modda)