1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
3.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. 32-banddagi “maʼlumotnomasi” soʻzi “xulosasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. 54-bandning uchinchi xatboshidagi “maʼlumotnomasi” va “Maʼlumotnoma” soʻzlari tegishli ravishda “xulosasi” va “Xulosa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning (Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish Sxemasi) toʻqqizinchi bosqichi “Mexanizm” ustuni, oʻninchi bosqichi “Muddatlar” ustuni va oʻn birinchi bosqichi “Mexanizm” ustunining toʻqqizinchi xatboshidagi “maʼlumotnoma” soʻzlari “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 3-ilovaning (Tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish Sxemasi) birinchi bosqichi “Mexanizm” va “Muddatlar” ustunlarida, ikkinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi birinchi xatboshida hamda uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “maʼlumotnoma” soʻzlari “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ–2060-son qaroriga 2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritiladigan qoʻshimchalar
1. 11-bandning “g” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshilishi va birlashishiga dastlabki rozilikni berish toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organning qarori”.
2. 33-band:
a) quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish boʻyicha bitimlarni amalga oshirishga, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshilishi va birlashishiga dastlabki rozilikni berish toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organning qarori”;
b) oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.