1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” Agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1989-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 26-modda) muvofiq Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125 va 64-son qarori (roʻyxat raqami 1989, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 354-modda) bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-oktabr,
116-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-oktabr,
101-son
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-oktabrdagi 116, 101-son qaroriga ILOVA
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Boshqarmalarning boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining cheklangan soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Boshqarmalarda mavjud ish hajmlaridan kelib chiqqan holda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan soni qonun hujjatlarida koʻrsatilgan xodimlar sonidan ham kamroq etib belgilanishi mumkin.
7. Boʻlim boshligʻi lavozimi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan boshqarmalarning namunaviy tuzilmasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.”.
2. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bosh mexanik lavozimi boshqarma balansida 50 dan ortiq texnika birligi mavjud hollarda joriy etiladi. Har 10 gektar koʻkalamzorlashtiriladigan yer maydoniga 1 ta birlik agronom lavozimi joriy etiladi.”.
3. 10 va 11-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Boshqarmalarda zarur hollarda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlari kiritilishi mumkin.
29. Boshqarmalar yordamchi xodimlarining cheklangan soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.”.