1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
3.Iqtisodiyot / Sanoat;
4.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SANOATDA VA KONChILIKDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh AGENTLIGINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-soni “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va Sanoatda, gaz taʼminoti hamda kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish samaradorligini taʼminlash maqsadida:
1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi)ga aylantirilsin,
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qayta tashkil etilayotgan Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-fevraldagi PF–2535-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-iyul,
PF-3454-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 319-modda; 2010-y., 52-son, 510-modda)